Jahon | 18:06 / 19.12.2020
8969
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Rossiyadagi oxirgi ikki konsulxonasini yopadi

AQShning Vladivostokdagi konsulxonasi butunlay yopiladi, Yekaterinburgdagi konsulxona esa faoliyatini vaqtincha to‘xtatadi. Shu tarzda, AQShning Moskvadagi elchixonasi Rossiyadagi yagona diplomatik markaz bo‘lib qoladi.

Foto: RIA Novosti

 Amaldagi prezident Donald Tramp ma'muriyati AQSh kongressini Amerikaning Rossiyadagi  ikki konsulxonasini yopmoqchi ekanligidan xabardor qildi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.   

 AQShning Vladivostokdagi konsulxonasi butunlay yopiladi, Yekaterinburgdagi konsulxona esa faoliyatini vaqtincha to‘xtatadi. Shu tarzda, AQShning Moskvadagi elchixonasi Rossiyadagi yagona diplomatik markaz bo‘lib qoladi.

Agentlikning yozishicha, konsulxonalarning yopilishi Rossiya hukumatining mamlakatdagi Amerika diplomatlari sonini cheklash to‘g‘risidagi 2017 yilda qabul qilgan qarori bilan bog‘liq. 

 Vladivostok va Yekaterinburgda ishlayotgan diplomatlar Moskvadagi elchixonaga o‘tkaziladi, rossiyalik xodimlar esa bo‘shatiladi, deb yozadi AP. Davlat departamenti bu yiliga 3,2 mln dollar iqtisod qilinishiga olib keladi, deb hisoblamoqda.

2017 yilda Rossiya hukumati Amerikaning mamlakatdagi diplomatlari sonini 455 nafargacha – AQShdagi rossiyalik diplomatlar soniga muqobil ravishda qisqartirishni talab qilgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid