Qutb ayiği holidamizmi?

Ovçilar qutb ayiqlarini qanday ovlaşi haqida heç eşitganmisiz? Turk psixologi Said Çamlijaning bir risolasida öqiganlarim, oçiği, meni hayratga soldi.

Ovçilar qutb ayiqlarining terisiga heç qanday zarar yetkazmagan holda ularni ovlay olişar ekan. Xöş, qanday qilib?

Qutb ayiqlari tabiatan qonni yaxşi körişadi. Ovçilar esa ularning aynan mana şu nozik nuqtasidan ustomonlik bilan foydalanişadi. Ular ötkir bolta yoki uçi öta keskir bir qurolni tuproq ostiga uçi xiyol körinadigan qilib kömib qöyişadi. Keyin esa qurolning ana şu uç qismiga biroz qon surtişadi. Qon hidi atrofga obdon tarqalgunça kutib turişadi. Tabiiyki, bu orada qon isini olgan ayiqlar uşbu hududga atrofni iskalay-iskalay yetib kelişadi va kela solib, qonni yalaşga tuşişadi.

Tuproq ostiga kömib qöyilgan ötkir tiğ ayiqlarning tilini kesib, tilkalab taşlaydi. Lekin ayiqlar qon isidan şunçalar sarmast va karaxt bölib qolişadiki, hatto öz tillarining yaralanganini ham sezişmaydi. Ayiq qonni yalayveradi, tilidan esa qon oqaveradi. Aslida, özining qonini özi yalayotganini bilmayotgan ayiqni endi bu ajal tuzoğidan heç kim va heç narsa qutqara olmaydi. Alaloqibat, u köp qon yöqotgani tufayli yerga yuztuban yiqilib jon beradi. Şafqat nimaligini bilmagan ovçilar esa ayiqning jon taslim qilganiga işonç hosil etgaç, uning terisini osonlikça şilib olişadi.

Nima uçun buni esga oldim? Sababi – bugun televideniye orqali namoyiş etilayotgan, biz va farzandlarimiz kiprik qoqmay, teleekranga «mixlanib» tomoşa qilayotgan seriallar ham, aslida, odamlarni ana şunday makkorona tuzoqqa tuşirişga öxşaydi.

Ya'ni serialning birinçi qismini tomoşa qildingizmi, tamom – tuzoqqa ilindim, deyavering. Endi bu çangakdan osonlikça qutula olmaysiz. Ayniqsa, körayotganingiz xorij seriallari bölsa...

Eng dahşatlisi, ovçilar panada payt poylab turgani hatto xayolimizning bir kunjagiga ham kirmasligidir.

Tarixning aççiq saboği

Siyosiy fanlar doktori Baxtiyor Omonov AQŞ tarixidan şunga öxşaş real bir misol keltiradi.