Jahon | 20:51 / 21.12.2020
4309
1 daqiqa o‘qiladi

Daniyada qorako‘zan yetishtirish taqiqlandi

Noyabr o‘rtalarida Daniya parlamenti odamlar orasida koronavirusning qorako‘zanlarda mutatsiyaga uchragan shakli bilan kasallanish holatlari aniqlangandan keyin mamlakatda yetishtiriluvchi 15 mln bosh qorako‘zan yo‘q qilinishini ma'qullagandi.

Foto: Ritzau Scanpix/Mads Claus Rasmussen via REUTERS

Daniya parlamenti 2022 yil 15 yanvargacha qorako‘zan yetishtirishni taqiqlovchi qonunni qabul qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

 Ushbu qonunni buzganlik uchun jarima va yarim yilgacha qamoq jazosi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, hujjat bilan fermerlarga kompensatsiya ajratilishi belgilangan.

 Eslatib o‘tamiz, noyabr o‘rtalarida Daniya parlamenti odamlar orasida koronavirusning qorako‘zanlarda mutatsiyaga uchragan shakli bilan kasallanish holatlari aniqlangandan keyin mamlakatda yetishtiriluvchi 15 mln bosh qorako‘zan yo‘q qilinishini ma'qullagandi.

 Daniya dunyo bo‘yicha eng ko‘p qorako‘zan mo‘ynasi yetkazib beruvchi mamlakat hisoblanadi. Mamlakatda 1139 ta qorako‘zan fermasi faoliyat ko‘rsatadi.

Mavzuga oid