00:56 / 23.12.2020
9249

Norvegiyalik nomdor sportchi qamoq jazosiga tortildi

Foto: Getty Images

Norvegiyalik taniqli chang‘ichi, 2010 yilgi Olimpiadaning ikki karra chempioni, 13 karra jahon chempioni Peter Nortug qamoq jazosiga tortildi. Bunga uning giyohvand moddalar saqlagani va katta tezlikda mashina boshqargani sabab bo‘lgan.

Nomdor sportchi Oslo sudi qaroriga ko‘ra, giyohvand moddalar saqlagani uchun 7 oy panjara ortida o‘tkazadi. Bundan tashqari, sud uni haydovchilik guvohnomasidan umrbod mahrum etgan.

Sobiq chempion hayotining bu “ qorong‘i tomoni” avgustda politsiya uni tezlikni oshirgani uchun to‘xtatgandan keyin aniqlangan. Politsiya sportchini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazganda uning qonida spirtli ichimliklar yoki giyohvand moddalar borligi aniqlanmagan. Biroq Nortugning uyi tintuv qilinganda kokain moddasi topilgan. Uning ishi faqatgina giyohvand moddalar saqlash moddasi bo‘yicha ko‘rib chiqilgan.

Peter Nortug “Chang‘i qiroli” norasmiy nomining ikki karra sohibi bo‘lgan yagona chang‘ichi hisoblanadi. Ikki marta Jahon kubogini qo‘lga kiritgan. 2009 va 2015 yillarda Norvegiyaning eng yaxshi sportchisi deb tan olingan. 2018 yil dekabrda 32 yoshida sport faoliyatini yakunlashini e'lon qilgan.

Top