Bu haqda 28 dekabr kuni AOKAda ötkazilgan brifingda Davlat mehnat inspeksiyasi Boş davlat mehnat huquq inspektori Gulruh Niyazmetova axborot berdi.
«Joriy yilda Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan fermer xöjaliklari va klasterlarda 3048 dan ortiq majburiy mehnatga jalb etiş holatini örganiş işlari olib borildi. Örganişlar davomida 96 ming nafardan ortiq terimçi va işçi xodimlar bilan suhbat ötkazilib, mehnat qonunçiligi talablariga rioya etilişi tahlil qilindi.
Natijada majburiy mehnatga yöl qöyilgan 47 ta holat paxta yiğim-terimi bilan boğliq bölib, şundan 6 ta holat yuzasidan tegişli hujjatlar sudlarga kiritildi.
Paxta yiğim-terimi davrida DMI tomonidan mehnat qonunçiligi buzilgani uçun 174 nafar mansabdor şaxsga jami 745 mln 712 ming söm miqdorida ma'muriy jarima tayinlandi.
DMIning sayt va telegram tarmoqlari orqali paxta yiğim-terimi davrida mehnat huquqi buzilişlariga oid jami 790 ta murojaat kelib tuşgan bölib, şundan call-markazimiz orqali 461 ta, veb-sayt orqali 15 ta, ijtimoiy tarmoqlar orqali 113 ta hamda 201 ta yozma ariza qayd etildi», — dedi inspeksiya xodimi.
Kun.uz muxbirining xabar qilişiça, brifingda majburiy mehnatga eng köp yöl qöygan viloyat, mehnat qonunçiligi buzilişi bilan boğliq holatlar böyiça ham ma'lumot berilgan.
«Aniqlangan majburiy mehnat holatlariga hududlar kesimida qaraydigan bölsak, joriy yilgi paxta mavsumida majburiy mehnatning asosiy qismi Namangan viloyatida kuzatildi.
Şuningdek, Jizzax, Toşkent, Surxondaryo, Xorazm, Andijon, Buxoro, Qaşqadaryo, Navoiy va Farğona viloyatlarida ham bu kabi holatlar qayd etildi.
2020 yilning joriy davriga qadar DMIning iş yurituviga jami 23615 ta murojaat kelib tuşgan bölsa, şulardan 13360 tasi qanoatlantirildi. Fuqarolarning buzilgan mehnat huquqlari tiklandi.
Şuningdek, iş haqlarini öz vaqtida bermagan, xodimlar uçun zarur şaroitlar yaratmagan hamda tegişli tartibda mehnat şartnomasini tuzmagan 127 nafar mansabdor şaxsga nisbatan ma'muriy jarimalar qöllanildi.
Blogerlar tomonidan joylarda mehnat qonunçiligi talablariga amal qilmaslik böyiça ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgan jami 113 ta xabar zudlik bilan joylarda örganildi. Ulardan 25 tasida keltirilgan vajlar öz tasdiğini topdi», dedi mutaxassis.
Avvalroq, 2020 yilgi paxta yiğim-terimi mavsumida158 nafar mansabdor şaxs ma'muriy javobgarlikka











