Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mehmonxona qurish va jihozlash uchun subsidiya muddati uzaytirildi
Investorlarga mehmonxona qurish va uni jihozlash xarajatlari bir qismini qoplash uchun subsidiyalar bo‘yicha arizalarini ko‘rib chiqish muddati 2025 yil 31 dekabrga qadar uzaytirildi.
Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 3 iyundagi «O‘zbekiston hukumatining ayrim qarorlariga aholi turmush darajasini yaxshilash, ekologik xavfsizlikni ta’minlash va turizm sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qarori tasdiqlandi.
Ushbu qaror bilan investorlarga mehmonxona qurish va uni jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash uchun davlat budjeti hisobidan subsidiyalar bo‘yicha arizalarini ko‘rib chiqish muddati 2025 yil 31 dekabrga qadar uzaytirildi.
Turizm qo‘mitasiga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qurilish va foydalanishga topshirilgan vaqtda xonalar soni ellik va undan yuqori bo‘lgan mehmonxonalarni qurish va jihozlash xarajatlarini bir qismini qoplash uchun 2025 yil 31 dekabrga qadar ariza kiritish mumkin.
Mavzuga oid
17:38 / 12.05.2026
O‘zbekistonda bir qator subsidiyalar belgilandi
20:08 / 05.05.2026
Elektromobil egalariga ehtimoliy subsidiya miqdori ma’lum bo‘ldi
10:15 / 24.04.2026
Hindistonda raqamli valuta orqali subsidiya tarqatish boshlandi
17:04 / 07.04.2026