Monitoring natijalariga köra, respublikaning ayrim hududlarida kuzatilayotgan majburiy mehnat holatlari böyiça Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan keskin çoralar körilmoqda, deyiladi vazirlik xabarida.

2 570dan ortiq taşkilot, fermer xöjaligi va klasterlarda ötkazilgan monitoring natijasida mehnat munosabatlariga rioya qilinişi yuzasidan 158 nafar mansabdor şaxslar ma'muriy javobgarlikka tortilgan.

35 nafar mansabdor şaxsga majburiy mehnatga jalb etiş holati yuzasidan 372 mln. 410 ming söm miqdoridagi ma'muriy jarima, band bölmagan aholini terimga jalb qiliş, terimçilar uçun munosib mehnat hamda dam oliş şaroitlarini yaratiş, terim pullarini öz vaqtida va belgilangan me'yorlarda beriş masalalari yuzasidan 123 nafar mansabdor şaxslar 204 mln. 937 ming söm miqdorida jarimaga tortildi.

Jumladan, Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanidagi “Oqrobot yulduzi”, Navbahor tumanidagi “Xamra juma”, “Asadbek Sarvarbek”, Xatirçi tumanidagi “Oydinov Odil Nodira”, Xorazm viloyatining Şovot tumanidagi “Ergaş Rözimov”, Xonqa tumanidagi “Matyakubov Akmal”, Xiva tumanidagi “Said ota Madaminov”, Urganç tumanidagi “Kuramboyev Inoyat”, Yangibozor tumanidagi “Ğaniyev Rustam Rözmetoviç” fermer xöjaliklari rahbarlari paxta teruvçilar uçun yotoq joylari va ovqatlaniş böyiça zarur şaroitlarni yaratib bermaganligi uçun jarimaga tortildi.

Ötkazilgan monitoring davomida 550dan ortiq fuqarolar bilan tegişli şartnomalar rasmiylaştirilmaganligi aniqlanib, nafaqat fermer xöjaliklari va klasterlar rahbarlari, balki fuqarolar bilan ham tuşuntiriş işlari olib borildi va tegişli şartnomalar tuzildi. 53ta holatda aybdorlarga nisbatan ma'muriy javobgarlik çoralari qöllanildi.

Jizzax viloyatining Mirzaçöl tumanidagi “Saidazim Eşboyev” fermer xöjaligi rahbari Samarqand viloyatining Payariq tumanidan kelgan köngilli terimçilarni ular bilan tegişli tartibda şartnoma rasmiylaştirmagan holda paxta terimiga jalb etganligi bois, ma'muriy javobgarlikka tortildi.

Şuningdek, joylardagi 17ta fermer xöjaligi va klasterlarda terim pullari öz vaqtida berilmagan 410 nafardan ortiq fuqaroga 173 mln. sömdan ortiq kunlik iş haqi tölab berilişi ta'minlandi. 

Ijtimoiy tarmoqdan kelib tuşgan murojaatni örganiş jarayonida Xorazm viloyatining Xiva tumanidagi “Temurbek Hamidbek” fermer xöjaligi rahbari joriy yilning 14 oktyabridan 20 oktyabriga qadar terimçilarga mehnat haqini keçiktirganligi sababli ma'muriy javobgarlikka tortildi. Bajarilişi majburiy bölgan yozma körsatma asosida terimçilarning paxta pullari tölab berildi.