
«Mamlakatimizda Islom moliyaviy xizmatlarini joriy etiş böyiça huquqiy bazani yaratiş vaqt-soati yetib keldi. Bu borada Islom taraqqiyot banki va boşqa xalqaro moliya taşkilotlari ekspertlari jalb etiladi», dedi prezident.
2020 yil 4 fevral kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasida bölib ötgan majlisda Markaziy bank raisi örinbosari Botir Zohidov şu yilning özida Özbekistondagi 3ta bankda islomiy moliyalaş joriy etilişi mumkinligini aytgan edi.
Ma'lumot uçun, islomiy moliya tarmoği bugungi kunda jahonda jadal rivojlanib borayotgan va innovatsion moliyalaştiriş mexanizmlarini özida jamlagan sohalardan biri hisoblanadi.
Moliyalaşning bu tizimi foyda va zararni bölişiş hamda real aktivlarga asoslangan moliyalaştirişni özida namoyon qilişi bilan an'anaviy banklardan farq qiladi.
Islomiy banklar mijoz talabi bilan obektni qurib berişi, asbob-uskunalar, tovar, xomaşyolar olib berişi yoki ularni ijaraga berişi mumkin. Moliyalaştiriş asosida savdo amaliyoti yotadi. Zamonaviy bank tizimida esa banklarning savdo amaliyotlarini amalga oşiriş qonunçilik nuqtayi nazaridan muşkul bölib, bunga soliq hamda bank faoliyatiga taalluqli me'yoriy-huquqiy hujjatlar tösqinlik qiladi.
Ma'lumotlarga köra, keyingi yillarda islomiy moliya muassasalari yalpi aktivlari miqdori 2,5 trillion dollarni taşkil etib, yiliga 15-20 foizga ösib bormoqda.
2020 yil boşida Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Taraqqiyot dasturi doirasida «Özbekistonda islomiy moliya mahsulotlari tahlili» böyiça amalga oşirilgan tadqiqot va uning doirasida ötkazilgan sörovnoma natijalariga köra, bank kreditlaridan foydalanmaslikning asosiy sabablari sifatida avvalambor, diniy qaraşlar, kreditlar böyiça yuqori foiz darajasi va kreditlaştirişning murakkabligi körsatilgan bölib, agar mamlakatda islom moliya muassasalari taşkil etilsa, yuqoridagi sörovnomada iştirok etgan qatnaşuvçilarning aksariyati uşbu muassasa xizmatlaridan foydalanişlari mumkinligini ta'kidlaşgan. Hatto, an'anaviy banklar ham Özbekistonda islom moliya muassasalari taşkil qiliş, moliya tarmoğida halol va şaffof raqobat yuzaga kelişi, natijada mamlakatga sarmoyalar oqimi ösişi va diversifikatsiyasiga olib kelişi haqida öz fikrlarini bildirgan.












