Bugun, 4 fevral kuni Oliy Majlis qonunçilik palatasida qonun loyihalari yuzasidan navbatdagi yalpi majlis bölib ötdi. «Mikromoliyalaş töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartişlar kiritiş haqida»gi qonun loyihasi majlis kun tartibidagi birinçi masala böldi.
Muhokamalar davomida palata spikeri örinbosari Alişer Qodirov Özbekistonda islomiy banklar oçişga qanday omillar xalaqit berayotgani borasida Markaziy bank vakiliga savol bilan murojaat qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Qodirov öz sözida Özbekiston aholisining katta qismini musulmonlar taşkil etişi, şu bois odamlar bankdan mikroqarz olişni yoqlamasligiga töxtaldi.
«Mikroqarzlarni odamlarga moliyaviy kömak vositalaridan biriga aylanmayetganiga diniy qadriyatlar sabab bölmoqda. Şuning uçun qonunçilikdagi ayrim moddalarga özgartiriş kiritib, islomiy moliyalaş tizimini kiritiş kerak emasmi?» deb ta'kidlagan Alişer Qodirov bu tizim muvaffaqiyatli işlayotgan bir qança rivojlangan davlatlarni misol keltirdi.
Savolga Markaziy bank raisi örinbosari Botir Zohidov javob berdi. Uning aytişiça, ötgan 2019 yilda banklar faoliyatini rivojlantiriş böyiça bir qator qonunlar qabul qilingan. Şu boisdan amaldagi qonunçilikda islom banklarini oçiş uçun töğridan-töğri çeklovlar mavjud emas.

«Bugungi kunda 10ga yaqin banklarimizda mikro, kiçik liniyalari orqali moliyalaştirilyapti. Çakanaga ötadigan bölsak, hozir 3ta bank islomiy moliyalaşni joriy qilişga ötyapti. Bu borada işlar davom etyapti. Bu jarayonda yölga qöyiladigan turli texnologik işlar bor. Öylaymanki, şu yilni özida aynan kreditlaş yönalişida şu yönalişida bu masalani hal qilamiz»,– dedi Botir Zohidov.
Ma'lumot uçun, islomiy moliya tarmoği bugungi kunda jahonda jadal rivojlanib borayotgan va innovatsion moliyalaştiriş mexanizmlarini özida jamlagan sohalardan biri hisoblanadi.
Moliyalaşning bu tizimi foyda va zararni bölişiş hamda real aktivlarga asoslangan moliyalaştirişni özida namoyon qilişi bilan an'anaviy banklardan farq qiladi.
















