Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Norvegiyada qor ko‘chishidan so‘ng 15 kishi bedarak yo‘qoldi
Og‘ir jarohatlangan bir kishi shifoxonaga yotqizilgan. Hududdan 700 kishi evakuatsiya qilingan.
Norvegiya poytaxti Oslo yaqinidagi Ask qishlog‘ida qor ko‘chishi oqibatida 14ta uy vayron bo‘ldi. O‘n kishi jarohatlandi, politsiya 15 kishini qidirmoqda, deb xabar berdi VG nashri.
Og‘ir jarohatlangan bir kishi shifoxonaga yotqizilgan.
Hududdan 700 kishi evakuatsiya qilingan.
Dastlab 26 kishi bedarak yo‘qolgani to‘g‘risida xabar qilingandi, keyinroq politsiya 15 kishi qidirilayotganini ma'lum qildi.
Qor ko‘chishi kun davomida yuz bergani sababli qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borish qiyinlashgan.