10:40 / 01.01.2021
6447

AQSh va Isroil BMTning 2021 yilgi budjetiga qarshi chiqdi

Bundan tashqari, AQSh Durban deklaratsiyasiga bag‘ishlangan tadbirning moliyalashtirilishiga ham qarshilik bildirdi. AQShning fikricha, ushbu hujjat Isroilga qarshi tusga ega. 

Foto: Spencer Platt /Getty Images

AQSh BMTning 2021 yil uchun qabul qilinadigan budjetiga qarshi ovoz berdi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar qildi.

Agentlikning ma'lumot berishicha, 3,2 mlrd dollar miqdoridagi budjetga Isroil ham qarshi chiqqan.

"Qo‘shma Shtatlar BMT Eronga qarshi ilgari bekor qilingan sanksiyalar tiklanmaganidan chuqur afsusda", - deyiladi AQShning BMTdagi doimiy vakili Kelli Kraftning bayonotida.

Bundan tashqari, Amerika tomoni 2001 yilda Durbanda (JAR) irqchilikka qarshi kurash bo‘yicha butunjahon anjumanida qabul qilingan Durban deklaratsiyasiga bag‘ishlangan tadbirning moliyalashtirilishiga qarshi chiqdi. 

AQShning fikricha, ushbu hujjat Isroilga qarshi tusga ega. 

2020 yil 20 avgustda AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo BMT Xavfsizlik kengashiga AQSh Eronga nisbatan sanksiyalarni tiklash niyatida ekanligi to‘g‘risidagi bildirishnomani topshirgandi. Keyinroq Pompeo Xavfsizlik kengashining boshqa a'zolari qarshiligiga qaramasdan, cheklov choralari 20 sentyabrdan kuchga kirishini ma'lum qildi. AQSh va Dominikandan tashqari Eron bilan yadroviy kelishuvning barcha qatnashchilari, Xavfsizlik kengashidagi barcha mamlakatlar bu qarorga qarshi chiqqan.

Top