Joriy yil 1 yanvardan boşlab, aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, suğurta taşkilotlari va yirik soliq tölovçilar toifasiga kiritilgan yuridik şaxslar MHXS asosida buxgalteriya hisobi yuritilişini taşkil etadi va 2021 yil yakunlaridan boşlab moliyaviy hisobotni MHXS asosida tayyorlaydi.
MHXS nega kerak?
Korxonalarning buxgalteriya hisobotini tayyorlaşda xalqaro standartlar bölmasa, bu bir neça nomuvofiqliklarni keltirib çiqarişi mumkin. Misol uçun, biron bir «Mansur Corporation» xitoylik «Shin Jin Company»dan uskuna buyurtma qildi. «Shin Jin Company» uşbu uskunani logistika kompaniyasi orqali yuklab yölga çiqardi va özining moliyaviy hisobotida uskunani sotganligi haqida ma'lumotni körsatdi hamda uskunani taşkilot balansidan çiqardi. Ammo uskuna yölda bölganligi va xaridor uni hali olmaganligi sababli «Mansur Corporation» moliyaviy hisobotida uşbu uskunani sotib olganligi haqida ma'lumotni körsatmaydi va balansiga kirim qilmaydi. Natijada, global iqtisodiyotda uşbu uskuna yöqolib qolişi mumkin.
Şunga öxşaş oddiy misollarni köp keltiriş mumkin va şu kabi nomuvofiqliklar bölmasligi uçun moliyaviy hisobotning yagona xalqaro standartlariga talab paydo bölgan.
Ilgari barça davlatlarda taşkilotlar öz faoliyat makonida joriy etilgan buxgalteriya standarti asosida hisobot tayyorlaşgan, bu esa globallaşib borayotgan dunyoda biznes uçun katta tösiq hisoblanadi. Negaki, bir davlatdagi kompaniyaning hisoboti, boşqa davlat kompaniyasi uçun tuşunarsiz tarzda tayyorlangani uçun kompaniyalar moliyaviy holatini töğri baholaş imkoniyati pasayadi.
Aynan şu muammo hozir Özbekiston iqtisodiyoti uçun juda ham dolzarb sanaladi.
Özbekistonga MHXS nima beradi?
Özbekistonda juda köp davlat mulklari samarali işlatilmayotgani, raqobatni oşiriş, şuningdek, bozor iqtisodiyotiga ötiş va boşqa sabablarga köra, 2021 yilda katta xususiylaştiriş işlari boşlanişi kutilmoqda. Xususiylaştiriş jarayonidagi eng katta tösiq yoki, töğriroği, jarayonni sekinlaştirayotgan sabablardan biri – uşbu taşkilotlarning buxgalteriya hisobi MHXS asosida tayyorlanmaganligidir.


















