Özbekiston Respublikasida fuqarolik pasporti örniga ID-karta körinişidagi şaxsni tasdiqlovçi hujjat beriş boşlanadi. Bunda fuqarolarning biometrik pasportlarini ID-kartalarga almaştiriş 2022 yil 31 dekabrgaça ixtiyoriylik asosida, 2023 yil 1 yanvardan 2030 yil 31 dekabrgaça majburiy tartibda amalga oşiriladi. 2011 yilgi namunadagi biometrik pasport 2031 yil 1 yanvardan boşlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Özbekiston fuqarolari xorijga faqat «qizil pasport» bilan çiqişi mumkin böladi.

Fuqarolar vaqtinça turgan joyi böyiça röyxatga turiş yuzasidan özlariga qulay bölgan tuman (şahar) içki işlar organlari yoki Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilişlari mumkin böladi.

Videokuzatuv va tasvirga oliş texnika vositalari hamda mobil qurilmalar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari aks etgan videoyozuvlar maxsus avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş texnika vositalari orqali qayd etilgan videoyozuvlarga tenglaştiriladi hamda Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksda belgilangan tartibda körib çiqiladi.

Davlat taşkilotlari tomonidan davlat ijtimoiy xizmatlari va yordamini taqdim etişda fuqarolardan 11 turdagi hujjatlarni talab etiş töxtatiladi.

Foydalaniş muddati 15 yildan ortiq bölgan avtobuslarda yölovçilarni taşiş taqiqlanadi.

Jismoniy şaxslarga tegişli yengil avtotransport vositalarini majburiy texnik körikdan ötkaziş tadbirkorlik sub'yektlari (yuridik şaxslar) tomonidan amalga oşirilişi mumkinligiga oid hujjat kuçga kiradi.

Bosqiçma-bosqiç ravişda majburiy tibbiy suğurtalaş tizimi joriy etiladi.

2023 yil 1 yanvarga qadar