Vazirlar Mahkamasining «Buxgalterlarni xalqaro sertifikatlaş doirasida oliy ta'lim muassasalarining pedagog kadrlari, talabalar, bitiruvçilar (oliy ta'lim muassasasini tugatgandan söng olti oy davomida) va davlat organlari xodimlarini öqitiş va imtihonlarni topşiriş böyiça xarajatlarni respublika budjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan qoplaşning har yillik çeklangan qiymatlarini belgilaş töğrisida vaqtinçalik nizomni tasdiqlaş haqida»gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Qaror loyihasi prezidentning 24.02.2020 yildagi «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga ötiş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi PQ-4611-son qaroriga muvofiq Moliya vazirligi tomonidan tayyorlangan.
Norma’ning xabar berişiça, mazkur Nizom 2025 yilning 31 dekabrigaça amal qiladi.
Buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro akkreditatsiyadan ötgan öquv markazlarida buxgalterlarni xalqaro sertifikatlaş doirasida mutaxassislarni Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (MHXS) öqitiş hamda imtihonlarni topşiriş xarajatlari Özbekiston Respublikasining respublika budjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan qoplanadi.
2020–2025 yillar davomida xalqaro sertifikatlaş doirasida MHXSga öqitiş va imtihon topşiriş xarajatlari tarkibiga:
- öqitiş, şu jumladan interfaol usullarni qöllagan holda öqitiş;
- malaka oşiriş;
- buxgalterlarni dastlabki röyxatdan ötkaziş;
- buxgalterlarni imtihon topşiriş uçun röyxatdan ötkaziş xarajatlari kiradi.
Nizomda quyidagilar ham qayd etilgan:
- buxgalterlarni xalqaro sertifikatlaş doirasida mutaxassislarni öqitiş hamda imtihonlarni topşiriş böyiça xarajatlarni qoplaşning har yillik çeklangan qiymatini belgilaş mexanizmi;
- buxgalterlarni xalqaro sertifikatlaş doirasida mutaxassislarni öqitiş va imtihonlarni topşiriş böyiça xarajatlarni moliyalaştiriş tartibi.
Loyiha özgartirilişi, unga qöşimçalar kiritilişi yoki rad etilişi mumkin.
















