Özbekistonda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari hujjatlari (MHXS) davlat tiliga tarjima qilinmoqda.

Moliya vazirligi uşbu tarjima loyihasi yuzasidan jamoatçilik fikrini örganiş va takliflar oliş maqsadida haftada 3ta MHXS hujjati vazirlik saytida e'lon qilib borilayotganini xabar qildi.

Bugunga qadar 13ta MHXS hujjatining davlat tilidagi tarjimasi loyihasi vazirlik saytiga joylaştirilgan.

Xabarda aytilişiça, jamoatçilikdan mazkur hujjatlar ma'nosi, imloviy va grammatik jihatlari yuzasidan örinli taklif va mulohazalar kelib tuşmoqda.

Avvalroq, Özbekiston prezidenti qarori bilan 2021 yil 1 yanvardan boşlab banklar va yirik soliq tölovçilarda buxgalteriya hisobi moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida yuritilişi xabar qilingandi.

Hujjat asosida işlab çiqilgan «yöl xaritasi»da MHXS va unga tuşuntirişlar matnlarini davlat tiliga tarjima qiliş, şuningdek, ularni Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida joylaştiriş vazifalari belgilangan.

Ma'lumot uçun, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari orqali respublikada faoliyat yuritayotgan taşkilotlar aksiyalari, qimmatli qoğozlari va boşqa turdagi investitsiya jalb qilişi mumkin bölgan moddiy boyliklarning istiqbolda ösişi yoki pasayişini tahlil qilişi uçun xorijiy investorlarni zarur axborotlar bilan ta'minlaş mumkin böladi. Öz navbatida Özbekistondagi  yirik korxonalarga xalqaro moliya bozorlarida iştirok etiş imkoni yaratiladi.