Jahon | 21:42 / 06.01.2021
1943
1 daqiqa o‘qiladi

Sudan Isroil bilan munosabatlarni yaxshilash to‘g‘risida kelishuv imzoladi

Sudan BAA, Bahrayn va Marokashdan so‘ng Isroil bilan munosabatlarni yaxshilashga rozi bo‘lgan navbatdagi mamlakat bo‘ldi.

Sudan Isroil bilan munosabatlarni yaxshilash to‘g‘risida kelishuv imzoladi, deb xabar bermoqda Jerusalem Post nashri.

Nashrning ma'lumot berishicha, hujjatni Sudan adliya vaziri Nasreddin Abdulboriy AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchin ishtirokida imzolagan. Mnuchin payshanba kuni Isroilga yo‘l olishi kutilmoqda.

Sudan BAA, Bahrayn va Marokashdan so‘ng Isroil bilan munosabatlarni yaxshilashga rozi bo‘lgan navbatdagi mamlakat bo‘ldi.

Sudan va Isroil o‘rtasidagi dastlabki muloqot 2020 yil fevralida bo‘lib o‘tgandi. O‘shanda Sudan suveren kengashi raisi Abdul Fattoh al-Burhon Ugandada Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan uchrashgandi.

Sudan Isroil bilan munosabatlarni yaxshilashi to‘g‘risida o‘tgan yil oktyabrda ma'lum qilgandi, ammo hukumat Vashington Sudanni terrorizmga homiy mamlakatlar ro‘yxatidan chiqarishini kutib turdi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid