Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada dronlar yordamida aniqlangan qoidabuzarlarga jarima qo‘llash boshlandi
Farg‘ona viloyatida dronlar yordamida aniqlangan qoidabuzar haydovchilarga nisbatan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirish boshlandi. Bu haqda 7 yanvar kuni viloyat IIB axborot xizmati xabar qildi.

Eslatib o‘tamiz, 1 yanvardan boshlab Farg‘ona viloyatida yo‘l harakati qoidalariga va jamoat joylarida tibbiy niqob rejimiga rioya etilishi ustidan dronlar yordamida nazorat o‘rnatilgan.
Belgilangan tezlikka, yo‘l chiziqlariga, svetofor ishoralariga amal qilmagan, piyodalar o‘tish joylarida piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilar hamda tibbiy niqobdan foydalanmagan, jamoat tartibini buzgan fuqarolar huquqbuzarliklari aniqlanadi.
2020 yil 17 oktyabrdan e'tiboran, Farg‘ona viloyatida jamoat joylarida niqobsiz yurgan fuqarolarni kameralar yordamida aniqlab, jarimaga tortish boshlangan.
Mavzuga oid
08:50
CobraJet: sun’iy intellektli yangi dron-ovchi namoyish qilindi
17:29 / 09.07.2026
Haydovchilar pasport yo guvohnoma ko‘tarib yurish majburiyatidan qachon xalos bo‘ladi?
10:44 / 07.07.2026
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
13:12 / 04.07.2026