Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pekin AQShni Xitoyning ishlariga aralashmaslikka chaqirdi
AQSh Xitoyga nisbatan qilayotgan nohaq harakatlari uchun katta badal to‘laydi.
Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Xua Chunin AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning Hongkongda 50dan ortiq muxolifatchining qo‘lga olinishi sababli sanksiyalar kiritilishi to‘g‘risidagi tahdidiga javoban ana shunday bayonot bilan chiqdi.
U Vashingtonni Xitoyning ichki ishlariga aralashmaslikka va Pekin manfaatlariga putur yetkazmaslikka chaqirdi.
«Xitoy milliy suvereniteti va manfaatlarini himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘radi. AQSh nohaq harakatlari uchun katta badal to‘laydi», - dedi diplomat.
Avvalroq Hongkongda politsiya hokimiyatga tajovuz qilish va milliy xavfsizlik haqidagi qonunni buzganlikda gumon qilingan 53 kishini qo‘lga olgandi.
Ushbu voqeadan so‘ng AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Xitoyga nisbatan sanksiyalar kiritilishi bilan tahdid qildi.
Mavzuga oid
08:55 / 29.06.2026
AQSh va Eron yana o‘zaro hujumlarni to‘xtatishga kelishdi
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:18 / 27.06.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi hujumdan keyin AQSh Eronga zarba berdi
21:31 / 26.06.2026