16:00 / 16.01.2021
6503
Reklama

LG 2021 yil innovatsiyalari uchun CES mukofotiga loyiq deb topildi

Iste'molchilar texnologiyalari assotsiyatsiyasining kompaniyalarning turli sohalardagi xizmatlarini baholaydigan rasmiy dasturi LG OLED televizori va LG InstaView muzlatgichlarini “Eng yaxshi innovatsiyalar” mukofoti bilan taqdirladi.

Iste'molchilar texnologiyalari assotsiyatsiyasi LG Electronics (LG) kompaniyasini 2021 yil CES® Innovation Awards mukofotida e'tirof etgan holda, texnologiya va dizayn sohasidagi innovatsion ishlanmalari uchun taqdirladi. LG OLED TV texnologiyalari va muzlatgichlar uchun LG InstaView® Door-in-Door® texnologiyalari loyiq deb topilgan “Eng yaxshi innovatsiyalar” bilan birga LG kompaniyasi CES Innovation Awards ko‘rgazmasining o‘nlab mukofotlariga sazovor bo‘ldi. Bu kompaniya tarixida mukofotlar soni bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichdir.

CES 2021 mukofoti OLED – televizorlari, saundbarlar, maishiy texnika, premium-klassdagi smartfonlar va LG'ning ko‘plab boshqa modellari dunyo maydonida taqdim etilgan eng innovatsion qurilma va sohalarning rasmiy tan olinishi ko‘rgazmasi – CES Innovation Awards'da qo‘lga kiritgan sakkizinchi mukofotdir.

CES'ning eng yaxshi innovatsiyalari: CES 2021 ko‘rgazmasida LG OLED TV texnologiyasi CES Best of Innovation Award mukofotiga yana bir bor, bu safar LG o‘yin kategoriyasida sazovor bo‘ldi. OLED-televizor ishlab chiqarishda shubhasiz dunyo yetakchisi bo‘lgan LG kompaniyasi betakror qora rang, real yetkazib berish va cheksiz kontrastni ta'minlab, ko‘ngilochar texnologiyalar sohasida ulkan imkoniyatlarni yaratdi.

LG maishiy texnikasi ham LG InstaView Door-in-Door texnologiyasi uchun ilk marta CES Best of Innovation Award mukofotini qo‘lga kiritdi. Mazkur texnologiya foydalanuvchilarga muzlatgich eshigini ochmasdan va mahsulotlarni sarhil holda saqlagan holda uning ichidagilarni ko‘rish imkoniyatini beradi. Shu orqali u dizayn va funksionallik o‘rtasida betakror muvozanatni ta'minlaydi. Muzlatgich ovozni tanish innovatsion texnologiyasi bilan ham jihozlangan. Shuning uchun ham har ikkala qo‘l mahsulotlar bilan band bo‘lganida muzlatgichni oddiy ovozli buyruq yordamida osongina ochish mumkin.

LG tomonidan yaratilgan uyda ko‘ngil ochish texnologiyalari: 2021 yilda yangi LG OLED, LG NanoCell ko‘ngilochish qurilmalari, NEXTGEN televizorlari va TONE Free quloqchinlari alohida diqqatga sazovor bo‘ldi. Mazkur modellar haqidagi batafsil ma'lumotlar yanvar oyida o‘tkaziladigan CES 2021 ko‘rgazmasida taqdim etiladi.

LG maishiy texnikasi: LG kompaniyasining yangi maishiy texnikalari CES 2021 Innovation Awards mukofotlarini qo‘lga kiritadi. Ular orasida LG InstaView Door-in-Door muzlatgichlari, o‘ta katta yukni qayta ishlay oladigan WashTower™ kir yuvish mashinasi, LG CordZeroThinQ Vacuum, shuningdek, kirlarni yuvish, uyni va havoni tozalash texnologiyalari, shuningdek, havoni tozalovchi PuriCare ixcham qurilmasi shular jumlasidandir.

LG mobil telefonlari: Dunyodagi ilk aylanadigan LG WING 5G smartfoni LG kompaniyasining mobil qurilmalar sohasida CES Innovation Awards ko‘rgazmasida taqdim etilgan yetakchi qurilmasiga aylandi. 6,8-dyuymli, soat mili bo‘ylab 90gradusga aylanadigan va ikkinchi 3,9-dyuymli OLED-displeyini ochuvchi P-OLED FullVision ramkasiz ekrani sababli LG Explorer Project loyihasi doirasida LG kompaniyasining ilk smartfoni 5G'dan foydalangan holda bir necha ekranlarda ishlash davomida foydalanuvchilarga yangi va g‘aroyib imkoniyatlarni taqdim etadi. Juda demokratik narxga ega, 6,8-dyuymli FullVision Cinematic OLED-displeyi, universal kamera va 5G kuchli tezligi  bilan jihozlangan LG VELVET ham CES 2021 ko‘rgazmasida innovatsiyalar uchun mukofotni qo‘lga kiritdi.

LG kompaniyasining biznes uchun yechimlari: CES 2021 ko‘rgazmasida qurilmalar uchun LG kompaniyasining IT yechimlar sohasidagi innovatsiyalari ham alohida e'tirofga sazovor bo‘ldi. Mazkur yechimlar ish uchun ham, ko‘ngil ochish uchun ham a'lo darajada mos keladi. Mashhur LG UltraWide o‘yin monitorlari, LG gram 17 noutbuklari va CineBeam Laser 4K proyektorlari CES 2021 mukofotiga loyiq deb topildi.

CES Innovation Awards: CES Innovation Awards dasturi – Iste'molchilar texnologiyalari assotsiatsiyasi tomonidan har yili o‘tkaziladigan tanlov. Unda jami 28ta tovar kategoriyalaridan dizayn va texnologiyalari sohasidagi eng yaxshi ishlanmalar e'tirof etiladi. Dastur laureatlarni tanlaydi va ularning har biriga yuqori baho beradi. Ommaviy axborot vositalari vakillari, dizaynerlar, muhandis va boshqa soha vakillaridan iborat obro‘li ekspert-sudyalar guruhi muhandislik sifati, estetika va dizayn, funksionallik va iste'molchilar uchun jozibadorlik kabi ko‘rsatkichlar asosida arizalarni ko‘rib chiqadi.

LG kompaniyasining CES 2021 Innovation Awards ko‘rgazmasida qo‘lga kiritgan mukofotlari to‘liq ro‘yxati 2021 yilning 11 yanvar kuni Nur Sulton vaqti bilan soat 19:00da o‘tkaziladigan matbuot anjumanida e'lon qilinadi va CES veb saytida omma e'tiboriga havola etiladi. 2021 yilda soha yetakchilari va yetishib chiqayotgan yulduzlar 11 yanvardan 14 yanvarga qadar doimiy ravishda rivojlanayotgan texnologiyalarni oldinga harakatlantirish uchun yo‘nalish berish maqsadida virtual ravishda to‘planishadi. Ilk, to‘liq raqamlashtirilgan CES 2021 ko‘rgazmasi yangi ishlanmalar, jahon brendlari bilan hamkorlik qilish va soha kelajagini aniqlash uchun haqiqiy platformaga aylanadi hamda texnologiyalar sohasidagi hamjamiyatga g‘oyalar bilan havfsiz o‘rtoqlashish va kelajagimizni belgilovchi qurilmalarni namoyish etish imkonini beradi.

Reklama huquqi asosida

Top