Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy diplomatiyani faollashtirmoqchi
O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy diplomatiyani faollashtiradi. Bu haqda Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida aytilgan.
Qayd etilishicha, asosiy xorijiy sheriklar – Rossiya, Xitoy, AQSh, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Hindiston, Pokiston, Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa davlatlar bilan ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytirish, mazkur davlatlar bilan yangi, yanada samarali ish tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bu borada tegishli amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Bunda:
- mazkur xorijiy mamlakatlar bilan oliy va yuqori darajadagi delegatsiyalar almashuvini muntazam amalga oshirish;
- xorijiy mamlakatlar bilan hukumatlararo va idoralararo qo‘shma komissiyalar va ishchi guruhlarining navbatdagi yig‘ilishlarini o‘tkazish;
- xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy diplomatiyani faollashtirish;
- hududlararo (mintaqalararo, shaharlararo) hamkorlikni o‘rnatish va rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni samarali tashkil etish chora-tadbirlari ko‘riladi.
Bajarish muddati - yil davomida, ijro uchun mas'ullar - Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar.
Mavzuga oid
18:59 / 04.03.2026
Turkiya va O‘zbekiston diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 34 yilligini nishonlamoqda
07:19 / 04.03.2026
Dunyodagi eng obro‘li davlatlar - 2026 yil ro‘yxati
15:45 / 19.02.2026
O‘zbekistonda avtobanlar tashkil etish vazifasi davlat dasturiga kiritildi
16:46 / 17.02.2026