Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung rahbari korrupsiya ishi bo‘yicha 2,5 yilga qamaldi
Li Chje Yon Samsung Group ustidan nazoratni qo‘lga olish uchun hukumat yordamiga erishish maqsadida Pak Kin Xening yaqinlaridan bo‘lgan Chxve Sun Silga 29,8 mlrd von (27,4 mln dollar) miqdorida pora berganlikda ayblandi.
Foto: Getty Images
Seul sudi Koreya sobiq prezidenti Pak Kin Xega pora berish ishini qayta ko‘rib chiqish chog‘ida Samsung Electronics vitse-prezidenti va Samsung Group kompaniyalar guruhi rahbari Li Chje Yonni ikki yarim yilga ozodlikdan mahrum qilish to‘g‘risida hukm chiqardi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar bermoqda.
Li Chje Yon Samsung Group ustidan nazoratni qo‘lga olish uchun hukumat yordamiga erishish maqsadida Pak Kin Xening yaqinlaridan bo‘lgan Chxve Sun Silga pora berganlikda ayblandi. Ayblovga ko‘ra, pora miqdori 29,8 mlrd von (27,4 mln dollar) bo‘lgan. Korrupsion mojaro sababli 2017 yilda Pak Kin Xega nisbatan impichment e'lon qilingandi.
Li Chje Yon o‘tgan yili 78 yoshida vafot etgan Samsung konserni raisi Li Gon Xining o‘g‘li va kompaniya asoschisi Li Byon Chxolning nabirasi hisoblanadi.
Sud 2017 yilda Li Chje Yonni besh yilga ozodlikdan mahrum qilgan, ammo keyingi yili apellyatsiya instansiyasi muddatni ikki baravarga qisqartirgan va shartli jazoga almashtirgandi.
Mavzuga oid
09:05
Qamoqdagi kattakonlar, antikorrupsiya vertikali va tug‘ilishning pasayishi - hafta dayjesti
00:00 / 31.01.2026
Oylikka ishlamayotgan chinovniklar. Nega bunday bo‘lyapti?
09:42 / 29.01.2026
Xorazm hokimliklarida o‘rganish: 60 ga yaqin xodimning tadbirkorlik faoliyati aniqlandi
19:33 / 28.01.2026