Markaziy bank Özbekiston Respublikasining xalqaro zaxiralari, xususan, rasmiy zaxira aktivlari va çet el valutasidagi boşqa aktivlar qiymatining 2020 yilda özgarişi haqida ma'lumot berdi.

Ma'lum qilinişiça, 2020 yil 1 yanvar holati bilan, Özbekiston oltin-valuta zaxirasi 29,1 milliard dollarni taşkil etgan. Şundan 12,4 milliard dollarga teng qismi xorijiy valutadagi zaxira aktivlar (konvertatsiya qilinuvçi xorijiy valutalarda) körinişida, şuningdek, 16,3 milliard dollar qiymatli oltin saqlangan.

2020 yil örtasigaça valuta zaxiralari qiymatida özgariş yuqori bölmay, oktyabrga kelib, naqd valuta va depozitlarning jami miqdori 14,4 milliard dollarga teng bölgan. Bu vaqtga kelib, oltin zaxiralar qiymati 18,5 milliard dollardan oşgandi.

2021 yil 1 yanvar holatiga köra, Özbekistonning xorijiy valutadagi zaxira aktivlar qiymati 14,3 milliardga tuşgan. Oltin zaxirasi esa 20 milliard dollardan oşdi. Uşbu holat Özbekiston oltin eksportini kamaytirayotgani bilan izohlanişi mumkin.

Özbekiston 2020 yilning 3-çoragida eng köp oltin sotgan mamlakat böldi. Markaziy bank bu vaqt mobaynida qariyb 35 tonna oltin sotgandi.

Xalqaro zaxiralar ötgan yili noyabr oyida 535 million dollarga kamaygandi. Ya'ni, oktyabrda zaxiralar 32,6 milliarddan noyabrda 32,4 milliard dollarga tuşdi. Bunda oltin narxining hisobot oyi boşidagi 1875 dollardan 1771 dollarga tuşişi zaxiralarni 1 milliard 81,3 million dollarga kamaytirgan bölsa, valuta qimmatliklardagi oşiş 545 million dollarni taşkil qildi.

MB zaxira aktivlarining katta qismi haligaça oltindan iborat. Ya'ni oltinning barça zaxira aktivlardagi uluşi 18,4 milliard dollarga (sof hajmi 10,4 million troy unsiya) teng va 14 milliard dollarga teng qiymatli konvertatsiya qilinadigan xorijiy valuta boş ofisi xorijda joylaşgan banklarda saqlanmoqda. Demak, oltin va valuta qimmatliklardagi özgariş Özbekiston zaxira aktivlari miqdoriga bilvosita ta'sir ötkazadi.

Markaziy bank boşqaruv kengaşi raisi Mamarizo Nurmatov AQŞ Ğaznaçiligi obligatsiya sotib oliş orqali oltin-valuta zaxirasi portfelini kengaytirmoqçi ekanini