Markaziy bankning xorijiy valutadagi zaxiralari yillik hisobda 3 milliard dollardan ortiqroqqa kamaydi.

1 mart holatiga köra, Özbekistonning rasmiy xalqaro zaxiralari 33,96 milliard dollarni taşkil etdi, deb xabar beradi Spot Markaziy bankka tayangan holda.

Fevral oyida ularning hajmi yanvar oyiga nisbatan 1,98 mlrd dollarga kamaygan, şu bilan birga, oktyabr oyidagi ikki yillik eng past körsatkiçdan 1,65 mlrd dollarga oşgan.

Erkin ayirboşlanadigan valutadagi zaxiralar hajmi bir oy davomida 1,24 milliard dollarga kamaygan holda 10,07 milliard dollarga yetdi. Özbekistonning xorijiy banklardagi depozitlari va naqd valutalari hajmi 1,17 milliard dollarga kamayib, sönggi tört oydagi minimal körsatkiçga yetdi.

Tonnajning 100 000 troya unsiyasiga (3,1 tonna) qisqarişini hisobga olgan holda, oltin zaxirasi 717 million dollarga kamaydi. Hozirda u 22,83 milliard dollarga baholanmoqda, bu joriy yildagi eng past körsatkiç, ammo rekord darajaga yaqin bölişda davom etmoqda. 

Hozirda Markaziy bank zaxirasida 391 tonna yoki 12,6 million unsiyadan biroz köproq qimmatbaho metall mavjud. 

Oxirgi oyda jahon birjalarida oltin kotirovkalari unsiya uçun 1842 dollargaça tuşdi, biroq mart oyida kötarilib, 1850 dollardan oşib ketdi. Yanvar oyi boşida ekspertlar 2023 yilda jahon bozorida oltin narxi bir troya unsiyasi uçun 1900 dollargaça oşişi mumkinligini taxmin qilgan edi. 

Rasmiy statistik ma’lumotlarga köra, yanvar oyida Özbekiston 1,18 milliard dollarlik oltin sotgan, bu umumiy eksportning 56,75 foizini taşkil etadi. Qimmatbaho metallni sotişdan tuşgan daromad ötgan yanvarga nisbatan ikki baravar oşdi.