Özbekistonning rasmiy zaxira aktivlari 1 aprel holatiga 47,85 mlrd dollarni taşkil etib, 1 mart holatiga nisbatan 2,9 mlrd dollarga oşdi. Bu haqda Markaziy bank tomonidan e’lon qilingan hisobotda keltirib ötilgan. 

Ötgan oyda xorijiy valuta zaxiralari 883 mln dollarga oşdi — 9,53 mlrd dollardan 10,41 mlrd dollargaça. Öz navbatida, zaxiralardagi oltinning fizik hajmi 12,2 mln troya unsiyadan 11,8 mln troya unsiyagaça kamaygan bölsa-da, qiymati 34,8 mlrd dollardan 36,8 mlrd dollargaça oşgan. Bunga mart oyida oltin narxlari 9,6 foizga ösib, oy oxirida 1 troya unsiyasi uçun 3120 dollargaça yetgani sabab böldi.

Bundan taşqari, ötgan yildan Markaziy bank aktivlarni diversifikatsiya qiliş doirasida xorijiy qimmatli qoğozlarni sotib olişni ham boşlagandi. Mart oyi yakuniga kelib zaxiradagi bunday qimmatli qoğozlar hajmi 203 mln dollarga yetgan.