Özbekistonning rasmiy zaxira aktivlari 1 dekabr holatiga 41,47 milliard dollarni (-3,9 foiz) taşkil etib, noyabr oyida 1,67 milliard dollarga kamaydi. Bu haqda Markaziy bank tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarda söz boradi.

Markaziy bank zaxiralari ketma-ket tört oydan keyin birinçi marta pasaydi: iyul oyida ular 1,06 milliard dollarga, avgustda — 1,75 milliard dollarga, sentabrda — 1,98 milliard dollarga va oktyabrda 2 milliard dollarga oşgandi.

Ötgan oyda xorijiy valuta zaxiralari 1,04 milliard dollarga kamaydi — 9,22 milliard dollardan 8,18 milliard dollargaça. Zaxiralardagi oltinning fizik hajmi 12,3 million troya unsiyasini taşkil etmoqda (382,3 tonna). Oltin zaxirasining qiymati rekord darajadagi 33,36 milliard dollardan 32,7 milliard dollargaça, ya’ni 623 million dollarga kamaydi. Bunga noyabr oyida oltin narxi 2,6 foizga pasayib, bir troya unsiyasi uçun 2721 dollardan 2651 dollargaça tuşgani sabab böldi.

Avvalroq Özbekiston oltin işlab çiqaruvçi davlatlarning yetakçi öntaligiga kirgani töğrisida xabar berilgandi. Jahon oltin kengaşi ma’lumotlariga köra, ötgan yili Özbekistonda 119,6 tonna oltin işlab çiqarilgan.