Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yerdan doimiy foydalanish huquqining eng past narxi qanday o‘zgaradi?
Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahrida yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining eng past narxini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Loyiha shaharning iqtisodiy zonalari va tumanlari kesimida aniqlanadigan Toshkent shahrida yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining eng past narxining o‘zgarishini nazarda tutadi, deb yozmoqda Norma.
Loyihaga asosan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi doimiy foydalanish huquqining eng past narxini 1 ish kuni ichida “Yerelektron” AATga kiritadi.
Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi va tuman hokimliklari:
auksion orqali realizatsiya qilishga mo‘ljallangan bo‘sh yer uchastkalarining ro‘yxatini shakllantirishlari;
yer uchastkalari bo‘yicha kelishilgan yoki ijobiy xulosa berilgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining tasdiqlangan eng past narxi asosida yer uchastkasining boshlang‘ich narxini belgilashlari kerak.
Taklif etilayotgan o‘zgartirishlar:

Eslatib o‘tamiz, eng past narx quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi:
- yer solig‘ining yillik summasi;
- yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash bo‘yicha ishlar qiymati va yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xarajatlari;
- yer uchastkasining joylashgan joyi;
- muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun nuqtalarning mavjudligi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarini tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun doimiy foydalanishga taqdim etish elektron onlayn-auksion orqali amalga oshiriladi.
Amaldagi Toshkent shahrida yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining eng past narxi - Toshkent shahar hokimining 11.03.2020 yildagi 255-son qarorida.
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Mavzuga oid
12:50 / 18.07.2026
Ohangaron poligonidagi yong‘in uchun “Maxsustrans”ga qariyb 684 mln so‘mlik kompensatsiya hisoblandi
17:14 / 17.07.2026
Chilonzor tumanini elektr uzilishlari qamrab oldi
11:40 / 17.07.2026
Toshkent – Bekobod qatnoviga zamonaviy elektropoyezd chiqariladi
05:32 / 17.07.2026