Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilon Mask miyasiga chip o‘rnatilgan maymun videoo‘yinlar o‘ynayotganini ma'lum qildi
Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, chip maymunga hech qanday ozor bermaydigan tarzda teri ichiga o‘rnatilgan. Ta'kidlanishicha, maymun videoo‘yinlar o‘ynay oladi.
SpaceX va Tesla kompaniyalari asoschisi Ilon Mask maymun miyasiga chip o‘rnatilganini ma'lum qildi. Bu haqda Bloomberg yozmoqda.
Mask o‘zining Neuralink kompaniyasi o‘tkazgan muvaffaqiyatli tajriba haqida ma'lum qilgan. Uning aytishicha, kompaniyada miyasiga implant o‘rnatilgan maymun paydo bo‘lgan.
«U miyasi yordamida videoo‘yinlar o‘ynay oladi», — deya aniqlik kiritgan Mask.
Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, chip maymunga hech qanday ozor bermaydigan tarzda teri ichiga o‘rnatilgan.
U yaqin oylarda miyasiga chip o‘rnatilgan maymunlar tasvirlangan videolavhalarni taqdim etishga va'da bergan.
Mask o‘tgan yil avgustida Neuralink kompaniyasi mutaxassislari cho‘chqalar miyasiga chip o‘rnatishganini ma'lum qilgandi. Olimlar chip yordamida simsiz aloqa orqali cho‘chqa miyasidagi sezgi markazlarining faolligini kuzatishgan.
Mavzuga oid
21:42 / 12.06.2026
Ilon Mask - insoniyat tarixidagi birinchi trillioner
16:26 / 12.06.2026
Ilon Mask dunyodagi ilk trillionerga aylanish arafasida: SpaceX aksiyalari sotuvga chiqyapti
10:03 / 12.06.2026
Ilon Mask 55 milliard dollarlik Terafab loyihasini ilgari surmoqda
08:50 / 12.06.2026