Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda koronavirusga qarshi emlanganlar soni bemorlar sonidan oshdi
Hozirda Shtatlarda kuniga o‘rtacha 1,34 mln atrofida emlash amalga oshirilmoqda.
AQShda koronavirusga qarshi emlanganlar soni ushbu infeksiya aniqlanganlar sonidan oshdi. Bu haqda Bloomberg Vaccine Tracker ma'lumot bermoqda.
Qayd etilishicha, bugunga qadar 26,5 mln nafar amerikalik koronavirusga qarshi vaksinaning bir yoki ikki dozasini qabul qilgan.
AQShda vaksinatsiya boshqa mamlakatlardagiga nisbatan tezroq o‘tkazilmoqda. Hozirda Shtatlarda kuniga o‘rtacha 1,34 mln atrofida emlash amalga oshirilmoqda. Vaksinatsiya boshlanganidan beri o‘tgan olti hafta ichida amerikaliklarning qariyb 7,8 foizi bir doza, 1,8 foizi esa ikki doza vaksina bilan emlandi.
Jons Hopkins universitetining ma'lumot berishicha, pandemiya boshlanganidan buyon AQShda koronavirus yuqtirganlar soni 26,2 millionga yetgan, 443 mingdan ortiq kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:18 / 27.06.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi hujumdan keyin AQSh Eronga zarba berdi
21:31 / 26.06.2026
Tramp Eronni Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi sulhni buzganlikda aybladi
11:00 / 26.06.2026