Jahon | 20:21 / 02.02.2021
1583
2 daqiqa o‘qiladi

Shvetsiyada keksa yoshlilarni AstraZeneca vaksinasi bilan emlamaslikka qaror qilindi

Yoshi 65dan oshganlarga Pfizer-BioNTech yoki Moderna vaksinasi tavsiya etiladi.

Shvetsiya AstraZeneca kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasidan yoshi 65dan kattalarni emlashda foydalanishdan voz kechdi. Bu haqda Shvetsiya jamoat salomatligi agentligiga tayanib Yevropeyskaya pravda xabar berdi.

 Regulyator Yevropa tibbiyot agentligi ushbu vaksinani qo‘llashga shartli ravishda ruxsat berganidan so‘ng mazkur preparatga oid ma'lumotlarni qayta ko‘rib chiqdi.

Natijada Shvetsiyada AstraZeneca vaksinasi bilan kichik yoshdagilarni emlashga qaror qilindi. Yoshi 65dan oshganlarga Pfizer-BioNTech yoki Moderna vaksinasi tavsiya etiladi.

 "Hozircha vaksina keksa yoshdagilarni qay darajada himoya qilish borasida ma'lumotlar yetarli emas", - dedi jamoat salomatligi agentligi vakili Seren Andersson.

 Robert Koh instituti qoshidagi STIKO muntazam emlash komissiyasi a'zolari ham AstraZeneca vaksinasi faqat 18 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lgan odamlar uchungina foydali deb hisoblashgan.

 Avvalroq Polsha va Italiya keksa yoshlilarni AstraZeneca vaksinasi bilan emlashdan voz kechgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid