Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yunusobod tumanidagi bozorda 4 nafar shaxs 14 dona telefonni o‘g‘irlab ketdi
2021 yil 27 yanvar kuni soat 03:00larda noma'lum shaxslar Toshkent shahar Yunusobod tumani “Dehqon bozori” oldiga kelib, ushbu yerda joylashgan “Credit Express Electronics” MChJga qarashli maishiy texnika do‘konining narxi 3 000 000 so‘mlik kirish eshigini sindirgan.
Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, ular do‘kon ichiga kirib, fuqaro, 31 yoshli Sanjar T.ga tegishli turli rusumdagi 14 dona uyali telefon apparati va “Amazfit” rusumli bir dona qo‘l soatini o‘g‘irlab, Sanjar T.ga jami 58 588 000 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazib, hodisa joyidan yashiringan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida mazkur jinoyatni 39 yoshli Umid A., 18 yoshli Azizbek A., 28 yoshli Sherzod R. va 22 yoshli Azamat N. sodir qilgani aniqlanib, mazkur do‘konda o‘g‘irlangan texnika vositalarining bir qismi ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Umid A. va uning jinoiy sheriklariga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b, v, g” bandlari (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda gumonlanuvchi shaxslar protsessual tartibda ushlanib, qolgan texnika vositalarini qayerda va kimga sotganliklari aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
10:37 / 07.07.2026
Toshkentda onlayn qimor uchun mashina o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi
12:05 / 07.01.2026
Humans ilovasi orqali 2 mingdan ortiq shaxsning pullari o‘g‘irlangan – manba
14:39 / 06.01.2026
Germaniya tarixidagi eng yirik bank o‘g‘riligi: birinchi muhim dalil topildi
11:55 / 03.01.2026