Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kun.uz jurnalisti XTVning «Zamonamiz qahramonlari» tanlovida noutbuk bilan taqdirlandi
Kun.uz 14 yanvar kuni Samarqand viloyati Ishtixon tumani Bashir qishlog‘idagi 73-maktab filiali boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi E'tibor Quvondiqova hayoti va faoliyati aks etgan maqola va videomaterial e'lon qilgan edi.
Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmatining e'tirof etishicha, unda oddiy qishloq o‘qituvchisining o‘y-xayollari Kun.uz jurnalisti Muhabbat Mamirova tomonidan mahorat bilan yoritilgan.
Shu boisdan vazirlik jurnalistni «Zamonamiz qahramonlari» loyihasi doirasida noutbuk bilan taqdirladi.

Material saytda 20 ming martadan ortiq ko‘rilib, 200 dan ortiq guruhlarga tarqatildi hamda bu guruhlarda mingdan ortiq izohlarga sabab bo‘lgan. Aksariyat izoh yozuvchilar qishloq o‘qituvchisining faoliyatini iliq so‘zlar bilan ta'riflagan.
Tanlov davom etmoqda va unda har bir ijodkor «Zamonamiz qahramonlari»ni kashf etib, sovrin sohibi bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
10:15 / 26.06.2026
Oliy toifali o‘qituvchilar maqsadli magistraturaga qabul qilinadi
15:20 / 19.06.2026
Samarqandda maktab o‘quvchisi o‘z joniga qasd qildi. U sinf rahbari tomonidan kaltaklangani aytilmoqda
15:13 / 15.06.2026
Namanganda ta’lim tizimi mansabdori tezkor tadbirda qo‘lga olindi
11:10 / 08.06.2026