Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona viloyatida ro‘y bergan YTH oqibatida ikki kishi vafot etdi
Joriy yilning 8 fevral kuni fuqaro M.U. “Sobalt” avtomashinasini Yozyovon tumani Yangibo‘ston mahallasi hududida boshqarib ketayotib, yo‘lning qarama-qarshi qismiga o‘tib ketgan.
Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, u ushbu yo‘lda harakatlanib kelayotgan haydovchi B.F. boshqaruvidagi “Lada Largus” avtomashinasi bilan to‘qnashib ketgan.
Ro‘y bergan hodisa oqibatida “Sobalt” haydovchisi M.U. hodisa joyida vafot etgan. “Lada Largus” avtomashinasida bo‘lgan yo‘lovchi, chet el fuqarosi K.M. tan jarohati olib shifoxonada vafot etgan.
Shuningdek, “Sobalt” avtomashinasidagi yo‘lovchilar - A.B., K.J., “Lada Largus” avtomashinasi haydovchisi B.S. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:35 / 26.05.2026
Namanganda YPX inspektorini urib ketib, o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 6 yilga qamaldi
17:16 / 26.05.2026
Belgiyada poyezd va maktab avtobusi to‘qnashdi
20:04 / 25.05.2026