Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy koreyalik hakerlar bir yilda 300 mln dollardan ortiq pul o‘g‘irlashgani ma'lum qilindi
O‘g‘irlangan mablag‘lar mamlakat iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash va yadro quroli yaratish dasturini moliyalashtirishga sarflangan.
Foto: Getty Images
Shimoliy koreyalik hakerlar 2019 yildan 2020 yil noyabrigacha 300 mln dollardan ortiq pul o‘g‘irlashgan, deb yozadi CNN BMT ekspertlariga tayanib.
Mutaxassislarning hisobotiga ko‘ra, hakerlar qariyb bir yil davomida moliya muassasalari va raqamli valuta almashtiruvchi onlayn-servislarga bir necha marta hujum qilishgan. Natijada ular 316 million dollarni qo‘lga kiritishgan.
O‘g‘irlangan mablag‘lar mamlakat iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash va yadro quroli yaratish dasturini moliyalashtirishga yo‘naltirilgan.
Mutaxassislarning fikricha, endilikda Shimoliy Koreya "o‘zining har qanday masofaga mo‘ljallangan ballistik raketalarini yadroviy kallaklar bilan jihozlashga qodir".
KXDRning BMTdagi vakillari mazkur hisobot bo‘yicha hozircha izoh berishmagan.
Mavzuga oid
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
11:50 / 03.05.2026
Jyenevadagi pullar, hakerlar tahdidi va matbuot erkida pasayish - hafta dayjesti
20:58 / 28.04.2026
O‘zbekiston Kiberxavfsizlik markazi xodimlarining shaxsiy ma’lumotlari o‘g‘irlangan. Haker ularni sotuvga qo‘ydi
10:20 / 30.03.2026