«SBK Universal Construction Group» MÇJ öz izohida bir martalik tovon puli töliq tölangani va boquvçisini yöqotganlarga tayinlangan har oylik nafaqa pullari nafaqa oluvçilar bilan kelişilgan vaqtda tölab borilayotganini ma'lum qildi.
Firmaning işonçli vakili dastlab marhumlarning oila a'zolariga tölab berilgan 100 million söm, keyinçalik Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida tuzilgan komissiya qarori bilan belgilanadigan kompensatsiyaning bir qismi sifatida berilgani va firma şu bilan özining qonunda belgilangan bir martalik tölov böyiça majburiyatlarini bajarganini aytmoqda. Uning qöşimça qilişiça, boquvçisini yöqotganlarga tölanayotgan har oylik nafaqa tölovlari ham ularning roziligi bilan 3-4 oy uçun bitta qilib, ya'ni köproq miqdorda plastik kartalarga taşlab berilmoqda.
Ta'kidlaş lozimki, Kun.uz’da naşr qilingan maqolada ham bu holatlar rad etilmagan. Faktlar marhumlarning yaqinlari va qonuniy kuçga kirgan sud qarori asosida keltirilgan.
Kompaniya vakilining ma'lum qilişiça, hozirda sud qarori ustidan şikoyat qiliş uçun ötkazib yuborilgan muddatni tiklaş böyiça ariza kiritilgan. Kompaniya sudning 100 million sömlik kompensatsiya tölaş töğrisida qaroridan norozi, şuningdek, belgilangan 300 million sömlik ma'naviy zarar miqdorini ham kamaytiriş niyatida.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi boşliği örinbosari Abduvohid Şaropov bahsli 100 million söm aslida kimning haqi bölişi kerakligi borasida aniq (tugal) javob bermadi. Vazirlik xodimi sud qarori çiqib bölgan masala yuzasidan fikr bildira olmasligini, bu boradagi yakuniy xulosani sud aytişini bildirdi.
Holatga «Özbekiston temir yöllari» AJ ham munosabat bildirdi.
«Jamiyat tomonidan metro qurilişidagi fojia qurbonlaridan biri, Buxoro mintaqaviy temir yöl uzelining Samarqand masofasi xodimi Karimov Zarifning oilasiga maxsus komissiya qarori bilan 281 million 670 ming 972 söm miqdorida bir martalik tovon puli tölovi amalga oşirilgan. Şuningdek, temiryölçining köp yillik mehnat faoliyati inobatga olinib, oilaga yana 100 million söm mablağ qöşimça ravişda tölab berilgan», deydi «Özbekiston temir yöllari» matbuot xizmati vakili.
Körib turganingizdek, metro qurilişida vafot etganlardan biri «Özbekiston temir yöllari» AJ xodimi bölgan va uning yaqinlariga voqea yuz bergan vaqtda alohida 100 mln tölangan, keyinroq yana bir martalik tovon puli sifatida 281 mln söm alohida tölangan.













