Yunusobod metrosi qurilişidagi fojia: jabrlanuvçilarga yetgan zarar töliq qoplanmagan bölişi mumkin
|15:00 / 03.02.202156 05211 min
Kun.uz suriştiruvidan ma'lum bölişiça, quruvçilarning ölimi tufayli ularning oilasiga yetkazilgan zarar yetarliça qoplab berilmagan bölişi mumkin. Prokuratura zarar töliq qoplangani vaji bilan işni yopgan, aybdorlar jazoga tortilmagan edi.
2019 yil 18 dekabr kuni Toşkent metropoliteni Yunusobod yöli qurilişida avariya röy bergan, 6 nafar işçi tuproq ostida qolib halok bölgandi.
Odamlar ölimiga olib kelgan hodisa aybdorlariga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi 2020 yil 18 mart kuni, ayblilik masalasini hal qilmasdan turib tugatilgan.
Tergovning bunday tugatilişiga – vafot etganlarning oila a'zolariga yetkazilgan zarar örni iş beruvçi tomonidan «töliq qoplangani» asos qilib olingan.
Kun.uz suriştiruvining aniqlaşiça, jinoyat işi tugatilgan vaqtda jabrlanganlarga yetkazilgan zarar summalari töliq hajmda qoplab berilmagan. Bundan taşqari, tovon pullarining tergov işi tugatilganidan 4–5 oy ötganidan keyin tölab berilgani ham jiddiy qonunbuziliş hisoblanadi.
Fojia oqibatlarini bartaraf etiş yuzasidan tuzilgan Hukumat komissiyasi topşiriğiga muvofiq, halok bölgan işçilarning har biri uçun ularning oila a'zolariga 100 million sömdan kompensatsiya puli berilgan edi.
Ma'lum bölişiça, marhumlarning bir nafari «Özbekiston temir yöllari mintaqaviy temir yöl uzeli» unitar korxonasi xodimi va qolgan 5 nafari «SBK Universal Construction Group» MÇJ xodimlari bölgan.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2020 yilning 24 yanvardagi buyruğiga asosan tuzilgan komissiya ularning har biri uçun zarar tölovini oliş huquqiga ega bölgan qaramoğidagi şaxslarga 261,9 mln sömdan (marhum Z.Karimovga 281 mln söm tayinlangan) biryöla tölanadigan nafaqa belgilagan.
Bundan taşqari, komissiya:
Mavzuga oid
Yakkaboğ tumanidan bölgan marhum Anvar Diyorovning qaramoğida bölgan 4 nafar (turmuş örtoği va uç nafar farzandlari) mehnatga layoqatsiz şaxslarning har biriga 727,6 ming sömdan har oylik boquvçisini yöqotganlik nafaqasi;
Şahrisabz tumanidan bölgan marhum Davron Abdullayevning qaramoğida bölgan 1 nafar (onasi) mehnatga layoqatsiz şaxsga 1 mln212 ming söm har oylik boquvçisini yöqotganlik nafaqasi;
Şahrisabz tumanidan bölgan marhum Oybek Abdullayevning qaramoğida bölgan 4 nafar (ota-onasi va ikki nafar farzandlari) mehnatga layoqatsiz şaxslarning har biriga 606 ming sömdan har oylik boquvçisini yöqotganlik nafaqasi;
Şahrisabz tumanidan bölgan marhum Jonibek Ravşanovning qaramoğida bölgan 4 nafar (ota-onasi va bir nafar farzandi) mehnatga layoqatsiz şaxslarning har biriga 519 ming sömdan har oylik boquvçisini yöqotganlik nafaqasi belgilaş töğrisida qarorga kelgan.
Samarqand tumanidan bölgan marhum Ixtiyor Rahmatovning qaramoğida mehnatga layoqatsiz şaxslar bölmagani uçun uning oilasiga faqat biryöla tölanadigan tovon puli belgilangan.
Ammo, Kun.uz qölga kiritgan ma'lumotlarga köra, «SBK Universal Construction Group» MÇJ marhumlarning oila a'zolariga maxsus komissiya tayinlagan nafaqa pullarini öz vaqtida va yetarli miqdorlarda tölab bermagan.
Jumladan, baxsiz hodisa tufayli halok bölgan Anvar Diyorovning yaqinlari biryöla va oyma-oy tölanadigan nafaqalar öz vaqtida tölab berilmagani sababli «SBK Universal Construction Group» MÇJga nisbatan fuqarolik işlari böyiça Mirzo Uluğbek tumanlararo sudiga da'vo arizasi kiritgan.
Boquvçisini yöqotgan da'vogar Lobar Rahmonova (marhum A.Diyorovning bevasi) sudda oilaning farzandlari uçun tayinlangan har oylik kompensatsiya va bir martalik nafaqa umuman tölanmaganini ma'lum qilgan. Bundan taşqari, Lobar Rahmonova turmuş örtoğining vafoti tufayli yetkazilgan ma'naviy zarar uçun tölov undirişni ham söragan.
Lobar Rahmonova
Sudning hal qiluv qaroridan ma'lum bölişiça, javobgar «SBK Universal Construction Group» MÇJ sud jarayonlari davomida bir martalik kompensatsiya 161 million 938 ming söm miqdorida tölab berilganini, uning qolgan 100 million sömlik qismi esa marhumning yaqinlariga moddiy yordam sifatida aynan bir martalik tölanadigan kompensatsiya hisobidan tölab berilganini bildirib izoh bergan.
Sud esa 100 million sömlik mablağ korxona rahbariyati tomonidan ixtiyoriy ravişda, heç bir huquqiy asossiz, bundan taşqari qonunga muvofiq boquvçisini yöqotganligi munosabati bilan nafaqa oliş huquqiga ega bölmagan şaxs – marhumning akasiga tölab berilgani uçun Lobar Rahmonova foydasiga kompensatsiyaning tölab berilmagan 100 million söm qismini undiriş haqidagi talabni qonuniy va asosli deb topgan.
Sudya Olim Şamsiyev raisligida körib çiqilgan sudda da'vogar Lobar Rahmonovaning javobgar korxonaga nisbatan boquvçisini yöqotganligi munosabati bilan kompensatsiya va ma'naviy zarar undiriş haqidagi da'vo talablari qanoatlantirilgan.
2020 yil 7 noyabrdagi hal qiluv qarori bilan javobgar «SBK Universal Construction Group» MÇJdan da'vogar Lobar Rahmonovaning 3 nafar farzandlarining har biriga 16 yoşga tölgunga qadar har oyda 727 ming sömdan kompensatsiya, 100 mln söm bir martalik kompensatsiya va yetkazilgan ma'naviy zarar uçun 300 mln söm kompensatsiya undiriş belgilangan.
Işni körgan sudya O.Şamsiyevning Kun.uz'ga tasdiqlaşiça, hal qiluv qarori 2020 yil 18 dekabrda qonuniy kuçga kirgan.
Lekin, qaror ijrosi bir oydan buyon ham amalga oşirilmayotgani uçun 2021 yilning 14 yanvar kuni jabrlanuvçi Lobar Rahmonovaning advokati Majburiy ijro byurosining Toşkent şahar Yunusobod tumani bölimiga zararni majburiy undiruvga qaratişni sörab, sörov kiritgan.
Kun.uz muxbiri mazkur sud işi sabab bölib, Yunusobod fojiasi oqibatlari qay darajada bartaraf etilgani bilan qiziqdi va yana bir bor marhumlarning xonadonlarida bölib, yaqinlari bilan suhbatlaşdi.
Şahrisabz tumanining Beşkapa qişloğidan bölgan marhum Oybek Abdullayevning onasi Halovat Şukurovaning aytişiça, ularga dastlab 100 million söm pul berilgan. Qolgan 161 million söm esa 2020 yilning sentabr oyida plastik karta oçib, şunga tuşirib berilgan. Bundan taşqari, har oylik nafaqa tölovlari ham 5 oyda bir qilib tuşirilgan.
Aynan şu tumandan Marhum Jonibek Ravşanovning onasi Risolat Bobomurodova va Davron Abdullayevning onasi Sabohat Jamolova ham dastlab öğillarining jasadi bilan 100 million sömdan, keyin esa 2020 yilning sentabr oyida yana 161 million sömdan pul berilganini ma'lum qilişdi. Oilalarga belgilangan har oylik nafaqa tölovlari tegişli plastik kartalariga tuşirib berilmoqda.
Samarqand tumanidan bölgan marhum Ixtiyor Rahmatovning bobosi ham dastlab 100 million söm olganini aytdi. Qolgan 161 million sömni marhumning, ayni vaqtda asrab olgan bolalari bilan Toşkent şahridagi çiqindi yiğiş punktida yaşayotgan onasi Faroğat Turopova 2020 yilning sentyabr oyida qabul qilib olgan.
Kompensatsiya pullari jinoyat işi tugatilib, aybdorlar jazodan qutulib qolganidan bir neça oy ötgandan keyin tölab berilgan.
Poytaxt prokuraturasi jinoyat işini 2020 yil 18 mart kuni yopgan edi. Bunga «jabrlanuvçilarga yetkazilgan zarar töliq qoplangani» sabab qilib körsatilgandi.
Şu örinda, «zarar töliq qoplandi» deganda tergov organi nimani nazarda tutgani ança şubhali xulosalarga zamin yaratmoqda.
Ayon bölib qolgan mazkur holatlar yuzasidan izoh oliş maqsadida dastlabki tergovni olib borgan Toşkent şahar prokuraturasiga murojaat qildik.
Şahar prokuraturasi Mehnat vazirligining komissiyasi belgilagan zarar summalari qoplanmasdan turib, tergov tugatilişini şunday izohladi:
«Özbekiston Respublikasi Mehnatni muhofaza qiliş töğrisidagi qonunning 33-moddasiga asosan, xodimning hayoti va soğliğiga yetkazilgan zarar uçun iş beruvçining moddiy javobgarligi belgilangan bölib, mazkur modda talabi doirasida, Maxsus komissiya tomonidan baxsiz hodisaning şart-şaroitlari, mehnat qonunçiligi va mehnatni muhofaza qiliş qoidalari va me'yorlari buzilişi holatlari örganib çiqilib, xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajariş bilan boğliq holda jarohatlanişi, kasb kasalliklariga çalinişi yoki salomatlikning boşqa xil şikastlanişi tufayli yetkazilgan zararlar va tovon tölovlari miqdori hisoblab çiqilgan.
Tergovda, baxsiz hodisa natijasida jabrlangan şaxslarning oila a'zolariga ularning dafn marosimlari uçun dastlabki kunda 100 mln sömdan yordam puli ajratilganligi holatini jabrlanuvçilarning jinoyat işi böyiça söroq qilingan oila a'zolari öz körsatmalarida tasdiqlab ötişganligi nazarda tutilgan», – deyiladi poytaxt prokuraturasi Kun.uz'ga taqdim etgan izohda.
Demak, tergov organining fikriça, dafn marosimlarini ötkaziş uçun 100 mln sömdan berilgan tölov – jinoyat oqibatida yetkazilgan zarar töliq hajmda (!) qoplanganini anglatmoqda.
Vaholanki, marhumlarning oilalariga yetkazilgan zarar 100 mln söm emas edi.
2-xulosa: 6ta oiladan 5tasi yana 100 mln sömdan olişga haqli
Masalaning yana bir bahsli tarafi – Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida tuzilgan komissiya qaroriga köra marhumlarning oila a'zolariga tölab berilişi kerak bölgan kompensatsiya miqdori bölib qolmoqda.
Çunki jabrlanuvçilardan biri uşbu holatda sudga murojaat qilganida, sud marhumning vafotidan bir neça kun ötib berilgan 100 million söm komissiyadan taşqari maxsus komissiya belgilagan 261 million sömdan alohida tölanişi lozim, degan qarorga kelgan.
Lekin, «SBK Universal Construction Group» barça jabrlanuvçilarning yaqinlariga tovon pulini tölaşda dastlab berilgan 100 million sömni ham hisobga olgan. Vaholanki, 100 mln sömdan kompensatsiya puli işlab çiqarişdagi baxsiz hodisalarni örganiş böyiça komissiyaning emas, Vazirlar Mahkamasining 18 dekabrdagi farmoyişi bilan tuzilgan Hukumat komissiyasining topşiriğiga binoan berilgan edi.
Hozirça, Hukumat komissiyasining topşiriğiga binoan dastlabki tölangan 100 mln sömlik kompensatsiya marhumlardan faqat bir nafarining foydasiga hal bölgan. Haqdorlarning bunga erişişi oson keçmagani haqida yuqorida aytildi. Qolgan 5 oila esa yana 100 mln sömdan haq talab qilişlari mumkinligidan bexabar qolmoqda.
Uşbu holatda Boş prokuratura tergovni tugatiş asoslari qonuniyligini qayta körib çiqişi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi esa bahsli 100 mln sömlarning taqdiri haqida özining uzil-kesil xulosasini berişi maqsadga muvofiq.
Kun.uz holat yuzasidan suriştiruvini davom ettiradi.