Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ichki ishlar organlari faoliyatidagi korrupsion omillar o‘rganiladi - Aksilkorrupsiya agentligi
Prezident ichki ishlar organlari faoliyati yuzasidan o‘tkazgan selektordagi topshiriqqa binoan, Aksilkorrupsiya agentligi bu tizimdagi korrupsion omillarni o‘rganishga kirishdi.
2020 yilda ichki ishlar organlarining 46 nafar xodimi korrupsion jinoyatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bu ko‘rsatkich 2019 yilda 28 nafar bo‘lgan, deya ma'lum qildi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi.
«Shu munosabat bilan, [12 fevraldagi] yig‘ilishda davlat rahbari tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga ichki ishlar organlari faoliyatida kuzatilayotgan korrupsion omil va xavf-xatarlarni aniqlash hamda tahlil qilish maqsadida barcha hududlarda kompleks o‘rganishlar o‘tkazish vazifasi yuklatildi», – deyiladi agentlik xabarida.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, agentlik sohada korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishga qaratilgan takliflar ishlab chiqadi.
Mavzuga oid
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
10:20 / 03.07.2026
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
08:59 / 01.07.2026
Sog‘liqni saqlash vaziri korrupsiyaga qarshi murojaat bilan chiqdi
08:40 / 01.07.2026