Transparency International korrupsiyaga qarşi kuraşiş xalqaro nodavlat taşkiloti Korrupsiyani qabul qiliş indeksining 2020 yil reytingini işlab çiqdi. 

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi xabariga köra, Özbekiston reytingda öz örnini 7 poğonaga özgartirib, 180 davlat orasida 146-örinni egalladi (2019 yilda 153-örin). 

Korrupsiyani qabul qiliş indeksi davlat sektorida korrupsiya darajasi böyiça ekspertlar va tadbirkorlar baholari asosida 0dan (korrupsiyani qabul qilişda eng yuqori körsatkiç) 100ga qadar (eng past) şkala böyiça hisob-kitob qilinadi.

Şu bilan bir qatorda, reytingda Özbekiston 26 ballni qayd etdi.

Korrupsiyani qabul qiliş indeksi davlat sektorida korrupsiya darajasini aks ettirib, uni işlab çiqişda qator manbalardan, şu jumladan, ekspertlar baholari va işbilarmon doiralar vakillari örtasida ötkazilgan sörovnomalardan foydalaniladi.

Reytingda 88 ball bilan Daniya va Yangi Zelandiya yetakçilikni qölga kiritdi. Top-10 reytingdan Finlandiya, Singapur, Şvetsiya va Şveytsariya (85 balldan), Norvegiya (84), Niderlandiya (82), Germaniya va Lyuksemburg (80dan) ham joy oldi. 

Eng yomon körsatkiçni Somali, Janubiy Sudan (12 balldan), Suriya, (14 ball), Yaman va Venesuela (15 balldan) qayd etdi.