Jahon | 15:03 / 15.02.2021
10725
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya va Eron Hind okeanida harbiy mashg‘ulotlar boshladi

Avvalroq Eron armiyasi matbuot xizmati 16 fevraldan birgalikdagi harbiy mashg‘ulotlar boshlanishini xabar qilgandi.

Foto: Anadolu Agency

Hind okeanining shimoliy qismida Eron va Rossiya birgalikda harbiy-dengiz mashg‘ulotlarini boshladi. Bu haqda Rossiyaning Tehrondagi elchixonasi press-attashesi Maksim Suslov ma'lum qildi.

"Mashg‘ulotlar bugundan boshlandi. Buni tasdiqlaymiz", - dedi u.

Avvalroq Eron armiyasi matbuot xizmati 16 fevraldan birgalikdagi harbiy mashg‘ulotlar boshlanishini xabar qilgandi.

2019 yil dekabrda Eron, Rossiya hamda Xitoy Hind okeani va O‘mon ko‘rfazida harbiy-dengiz mashg‘ulotlarini o‘tkazgandi. Mashg‘ulotlar to‘rt kun davom etgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid