Jyenevada Xalqaro yöllarda taşiş kitobçasini qöllagan holda yuklarni xalqaro taşiş töğrisidagi bojxona konvensiyasi Ijroiya kengaşiga saylov ötkazildi.

Ovoz beriş natijalariga köra, Özbekiston, Rossiya, Eron, Turkiya, Ozarboyjon, Italiya, YeI, Avstriya va Niderlandiya 2021-2022 yillarga XYT Ijroiya kengaşi a'zoligiga saylandi.

Ma'lumot uçun, Özbekiston öz tarixida ilk bor BMTning bojxona va transport boşqaruvi sohasidagi uşbu nufuzli organi tarkibiga saylandi.

«Dunyo» AA xabariga köra, mazkur kengaş tarkibiga Özbekiston nomidan Davlat bojxona qömitasi bojxona nazorati boş boşqarmasi boşliği Rustam Qobulov kiritilgan.

Özbekistonning BMT dagi doimiy vakili Uluğbek Lapasov uşbu voqeaning respublika uçun ahamiyati haqida töxtalib ötdi.

«Dengiz portlariga töğridan-töğri çiqiş imkoniyatiga ega bölmagan har qanday davlat iqtisodiyotini ravnaq toptirişning harakatlantiruvçi kuçi transport va tranzit salohiyatini rivojlantiriş hisoblanadi. Xususan, Özbekistonda bojxona rasmiylaştiruvidan ötkaziş tartiblari sezilarli darajada soddalaştirildi. Bu esa tadbirkorlikni rivojlantiriş hamda respublika va umuman mintaqada xalqaro biznes operatsiyalarini faollaştiriş uçun qöşimça turtki bölib xizmat qilmoqda.

2018 -2022 yillarda transport infratuzilmasini takomillaştiriş va yuk taşişning taşqi savdo yönalişlarini diversifikatsiyalaş kompleks dasturiga köra, barça xorijiy şeriklar bilan transport va tranzit sohasida özaro manfaatli aloqalarni rivojlantiriş respublika taşqi siyosatining ustuvor yönalişlaridan biridir»,  deydi diplomat.

Şuningdek, 2020 yil noyabr oyida Markaziy Osiyoda ilk bor «ye-TIR» pilot loyihasi – TIR-karnet kitobçalari asosida xalqaro yuk taşuvlarni elektron röyxatdan ötkaziş tizimi yölga qöyilgan. Uşbu loyiha Özbekiston va Qozoğiston bojxona organlari va Xalqaro avtomobil transporti ittifoqi hamkorligida amalga oşirilgan.

Ma'lumot uçun, 1975 yil noyabrida BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi şafeligida qabul qilingan XYT konvensiyasi xalqaro transport sohasidagi eng samarali huquqiy hujjatlaridan biri va hozirgaça öziga xos yagona global bojxona tranzit tizimi hisoblanadi. XYT konvensiyasining asosiy ğoya va tamoyillari nafaqat Yevropa va Osiyo, balki Afrika va Lotin Amerikasi kabi mintaqalarda ham xalqaro yuk taşuvlarini osonlaştirişga qaratilgan.