Nyu-Yorkda Özbekiston va Lixtenşteyn örtasida diplomatik munosabatlar örnatiş töğrisidagi qöşma kommyunike imzolandi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, ikki mamlakat hukumatlari nomidan hujjatni Özbekistonning BMTdagi doimiy vakili Uluğbek Lapasov va Lixtenşteyn knyazligining BMTdagi doimiy vakili Kristian Venvayzer imzolagan.
Tomonlar xalqaro taşkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslaşgan muassasalari doirasida qöşma hamkorlikni kuçaytirişga özaro tayyor ekanliklarini bildirgan. Siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikning özaro manfaatli yönalişlarini topiş uçun ikki tomonlama aloqalarni faollaştiriş böyiça kelişuvga erişilgan.
Hujjatning imzolanişi Özbekiston bilan Yevropa davlatlari örtasidagi hamkorlikni faollaştiriş yölidagi muhim qadam bölgani qayd etilgan.
Lixtenşteyn Özbekiston bilan diplomatik munosabatlar örnatgan 146-davlatga aylandi.
Avvalroq Özbekiston va Uganda örtasida diplomatik munosabatlar örnatilgandi.

















