U bungaça Özbekistonning Jyeneva şahridagi BMT bölimi va boşqa xalqaro taşkilotlardagi doimiy vakili lavozimida işlagan. U bu lavozimga 2018 yil iyul oyida tayinlangan.

Bungaça Özbekistonning BMTdagi doimiy vakili Baxtiyor Ibrohimov bölgan. U 2017 yilning may oyidan beri Nyu-Yorkda işlab kelayotgandi. 2020 yil noyabr oyida prezident farmoni bilan Baxtiyor Ibrohimovga oliy diplomatik unvon – favqulodda va muxtor elçi maqomi berilgan edi.

2022 yil avgust oyida Uluğbek Lapasovga 2-darajali favqulodda va muxtor elçi unvoni berildi.

2021 yil noyabr oyida Osiyo-Tinç okeani mintaqaviy guruhiga a’zo davlatlar Uluğbek Lapasovning 2022 yil uçun BMT Inson huquqlari kengaşi raisi örinbosari lavozimiga nomzodini bir ovozdan qöllab-quvvatlagani xabar qilingan edi.

Uluğbek Lapasov 1982 yilda Samarqand şahrida tuğilgan. 2016 yilda Özbekistonning BMT va boşqa xalqaro taşkilotlardagi doimiy vakilining Şveytsariyadagi maslahatçisi etib tayinlangan.