Nyu-York şahrida Özbekistonning Birlaşgan Millatlar Taşkilotidagi doimiy vakili Uluğbek Lapasov BMT boş kotibi Antoniu Guterrişga işonç yorliqlarini topşirdi.
Boş kotib Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev rahnamoligida jamiyatni demokratlaştiriş, iqtisodiyotni liberallaştiriş va aholi farovonligini oşirişga qaratilgan keng kölamli islohotlarni yuksak baholadi.
U özgarişlarni amalga oşirişda, jumladan, Barqaror rivojlaniş maqsadlarini amalga oşirişda BMT Özbekistonga zarur yordam körsatişga tayyorligini tasdiqladi.
Antoniu Guterriş Özbekistonning Markaziy Osiyoda döstlik va yaxşi qöşniçilik munosabatlarini mustahkamlaşga qöşgan salmoqli hissasini alohida ta’kidladi.
Tomonlar, şuningdek, Özbekiston va BMT örtasidagi har tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantiriş istiqbollarini hamda BMT orqali bölajak oliy darajadagi qöşma tadbirlar jadvalini muhokama qildilar.
40 yoşli Uluğbek Lapasov tayinlovga qadar Özbekistonning BMT vakolatxonasi va Jyenevadagi (Şveytsariya) boşqa xalqaro taşkilotlarning doimiy vakili lavozimida işlagan.
U Toşkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, şuningdek, bir qator xorijiy universitetlar dasturlarini tamomlagan. Taşqi işlar vazirligi tizimida stajyor sifatida iş boşlagan, markaziy apparatda va xorijdagi diplomatik vakolatxonalarda işlagan. 2016 yildan beri maslahatçi, muvaqqat işlar vakili, BMTning Jyenevadagi vakolatxonasi va boşqa xalqaro taşkilotlardagi doimiy vakili, elçi. Fransuz, ingliz, rus tillarida sözlaşa oladi.
Uluğbek Lapasov 2017 yildan Özbekistonning BMTdagi doimiy vakili bölib işlagan Baxtiyor Ibragimov örnini egalladi.

















