Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
24 fevralda O‘zbekistonga yana qish qaytib keladi
24 fevralda O‘zbekistonga yana qish qaytib keladi, deb xabar bermoqda «O‘zgidromet».
Respublika bo‘yicha ba'zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Shamol tezligi 17-22 m/s gacha, ba'zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Shimoliy hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Havo harorati 10-15 daraja sovuqqacha pasayadi.
Poytaxtda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. Shamol 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 3-5 daraja iliqqacha pasayadi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda qor yog‘adi, ba'zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Tuman tushishi mumkin. Shamol tezligi 17-22 m/s gacha, ba'zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 0-5 daraja sovuqqacha pasayadi.