9 million xotin-qizlar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil yakuniga qadar qariyb 9 million xotin-qizlarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni hamda kasallik aniqlanganlarni sog‘lomlashtirish choralari ko‘rilishi zarurligini ta'kidladi.
«Tibbiy yordamga muhtoj 44 mingdan ziyod xotin-qizlar bilan ishlashning alohida tizimini yaratish zarur. «Ayollar daftari»ga kirgan 44 ming nafar xotin-qizlarni alohida nazoratga olib, ularni ikki hafta muddatda tibbiyot brigadalariga biriktirish kerak. Bunda kasallikning turiga qarab, tor doiradagi shifokorlarni jalb qilgan holda, ularni davolashni boshlash zarur.
Tibbiy himoyaga muhtojlar nisbatan eng ko‘p Toshkent va Jizzax viloyatlarida – 5 ming nafardan, Toshkent shahri va Samarqandda – 4 ming nafardan, Surxondaryo va Farg‘onada – 3,5 ming, Andijonda – 3 mingni tashkil etadi.
Tanzila Norboyeva va Elmira Bositxonova joriy yil yakuniga qadar qariyb 9 million xotin-qizlarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan, jumladan, ko‘krak bezi va ayollar kasalliklar saratoni skriningini o‘tkazishi hamda kasallik aniqlanganlarda maqsadli sog‘lomlashtirish choralari ko‘rilishiga mas'ul.
Qoraqalpog‘istonda – 39 ming, Andijonda – 79 ming, Buxoroda – 41 ming, Jizzaxda – 37 ming, Navoiyda – 22 ming, Qashqadaryoda – 85 ming, Namanganda – 75 ming, Samarqandda – 96 ming, Sirdaryoda – 21 ming, Surxondaryoda – 71 ming, Farg‘onada – 94 ming, Toshkent viloyatida – 71 ming, Xorazmda – 44 ming, Toshkent shahrida – 51 ming nafar homilador ayollar qat'iy nazoratga olinadi.
Xotin-qizlar orasida onkologik kasalliklarni kamaytirish maqsadida, Bositxonova joriy yilda 323 ming nafar qizlarni odam papillomasi virusiga qarshi emlashni tashkillashtiradi.
Bulardan tashqari, bugungi kunda daftarlarga kirgan 1,5 mingdan ziyod ayollar yuqori malakali tibbiy xizmatlarga muhtoj. Ularni murakkab jarrohlik amaliyoti o‘tkazish orqali davolashga 30 milliard so‘m zarur. Moliya vazirligi bir hafta muddatda Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish jamg‘armasidan ushbu mablag‘larni o‘tkazib bersin.
Umuman, ehtiyojmand ayollar davolanishi uchun har yili Xotin-qizlar jamg‘armasiga qo‘shimcha 30-50 milliard so‘m ajratiladi.
Shu bilan birga, joriy yilda 37 ming nafar boquvchisini yo‘qotgan, 26 ming nafar nogironligi bo‘lgan va o‘zgalar parvarishiga muhtoj xotin-qizlarga bir martalik moddiy yordam ajratiladi.
Misol uchun Farg‘onada – 4,5 ming nafar, Namangan va Toshkent viloyatlarida – 4 ming nafardan, tumanlar kesimida Sharof Rashidov tumanida – 1,5 ming nafar, Urgutda – 1,3 ming nafar, Farg‘ona shahrida – 650 nafar nogironligi bor ayollarga moddiy yordam beriladi.
Buning uchun, «ayollar daftari»ga kirganlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan 80 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi», – dedi davlat rahbari.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Rossiyani Ukraina bilan urushni tugatish uchun «harakatni boshlashga» chaqirdi
Jahon | 20:19
-
O‘zbekiston Yaponiyada o‘tkaziladigan Expo 2025 ko‘rgazmasida «Bilimlar bog‘i» paviloni bilan qatnashadi
O‘zbekiston | 19:52
-
Tramp avjiga chiqmoqda: «Bojlar urushi»da AQSh Xitoyni yenga oladimi?
Jahon | 19:30
-
Rossiyaning Ukrainadagi yangi yurishi: u qachon va qayerda boshlanadi?
Jahon | 19:28
Mavzuga oid

17:13 / 12.01.2025
O‘zbekistonda 2025-2030 yillarda Bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratonini nazorat qilish dasturi amalga oshiriladi

02:34 / 16.10.2018
15 oktabr – Butunjahon ko‘krak bezi saratoniga qarshi kurash kuni munosabati bilan aksiya o‘tkazildi

20:09 / 29.09.2016