Ayni paytda Özbekistonda 100 mingga yaqin saratonga çalingan bemorlar bor. GLOBOCAN ma’lumotlariga köra, 2022 yilda Özbekiston aholisi orasida 35 900 ta yangi saraton xastalari aniqlangan bölib, şundan 19 865 tasi (55% uluşi) ayollarda qayd etilgan. Bu körsatkiç xastalikning ayollarda köp uçraşini anglatadi. Ayollarda eng köp uçraydigan saraton turlari böyiça kökrak saratoni taxminan 5022 ta holatda, baçadon böyni saratoni 2654 holatda qayd etilgan. Ma’lumot uçun: 2019 yilda baçadon böyni xastaligiga çalingan ayollar soni 1660 nafarni taşkil etgan. Bu xastalik tarqalişiga köra dunyoda ayollardagi saraton kasalliklari orasida 4-örinda turadi. Kökrak bezi saratoni esa 1-örinda.

Kasalliklardan ölim körsatkiçi böyiça ham tuğiş yoşidagi ayollar (15-44 yoş) orasida kökrak bezi va baçadon böyni xastaliklari köp uçraydi.

Ayollar orasida saraton (asosan kökrak va baçadon böyni saratoni) xavfi ba’zi yoş guruhlarida yuqori kuzatiladi: 50–80 yoş – kökrak saratoni va boşqa köp uçragan onkologiya turlari uçun xavf asosan yuqori bölgan yoş guruhi hisoblanadi. 30–39 yoşda ham kökrak saratoni holatlari sezilarli darajada köpaygani qayd etilgan. 15–44 yoş – baçadon böyni saratoni uşbu reproduktiv yoşda ham keng tarqalgan va ölim körsatkiçi böyiça muhim ahamiyatga ega.

Ginekolog Dilfuza Aniyozovaga köra, sönggi yillarda kökrak bezi va baçadon böyni saratoni kabi kasalliklar yoşlar orasida ham uçrayapti va köpinça keç bosqiçda aniqlanyapti.

Baçadon böyni saratoniga köpinça inson papilloma virusi (HPV) sabab böladi. Jinsiy yöl bilan yuqadigan kasallik uzoq yillar davomida öz ta’sirini ötkazadi. Kökrak bezi saratonining dastlabki bosqiçlari köpinça sezilmaydi, lekin ayrim belgilar paydo bölsa, ularga e’tibor beriş juda muhim. Masalan, kökrak şaklining özgarişi yoki bir tomoni kattalaşişi, terida qizariş, burişiş yoki limon pöstiga öxşaş ğadir-budir köriniş hosil bölişi, sörgiçdan suyuqlik, ayniqsa, qonli ajralma çiqişi xavf belgisi bölişi mumkin. Şuningdek, qattiqlik yoki şiş yuzaga kelişi, oğriq, sörgiçning içkariga tortilişi, qöltiq ostidagi bezlarning kattalaşiş holatlari ham e’tibordan çetda qolmasligi kerak.

“Xavf omillari: radiatsiyadan uzoq böliş, pestitsidlardan uzoq böliş kerak. Masalan dalada işlaydigan ayollar paxta terişadi, dalada işlaşadi. Agar dalada işlaşni çegaralay olişmasa qöliga qölqop kiyişi, tanani yopadigan kiyim kiyişi, niqob taqişi kerak. Bolani emiziş kökrak saratoni xavfini kamaytiradi. Gormonal tabletkalarni örinsiz, özboşimçalik bilan içmaslik, şifokor bilan maslahatlaşiş tavsiya qilinadi. Bu ham kökrak saratoni ehtimolini oşiradi.