Ma'lumki, butunjahon soğliqni saqlaş taşkiloti tomonidan 1993 yildan beri oktabr oyi kökrak bezi saratoniga qarşi kuraşiş oyi, deb e'lon qilingan. Bundan taşqari, har yili 15 oktabr – Butunjahon kökrak bezi saratoniga qarşi kuraş kuni sifatida belgilangan. Bugungi kunda kökrak bezi saratoni dunyo hamjamiyatini qattiq taşvişga solib, köplab ayollarning bevaqt ölimiga sabab bölmoqda.
Video: YouTube
Video: Facebook
Har yili mazkur sana munosabati bilan turli aksiyalar, bepul tibbiy diagnostika amaliyotlari, şifokorlar va aholi örtasida ommaviy muloqotlar ötkazib kelinadi.

Bu yilgi tadbirda yöl patrul xizmati xodimlari ham faol iştirok etdi. Uşbu kun munosabati bilan Toşkent şahar yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi maxsus aksiya ötkazişdi. Yöl patrul xizmati xodimlari ayol haydovçilarga kökrak bezi saratonining oldini olişni eslatuvçi maxsus tayyorlangan «kökrak nişon belgilari» nişonlarini tarqatişdi. Bu sa'y-harakatlar özbek ayollarining öz soğliqlariga e'tiborsiz bölmasliklarini eslatişi şubhasiz.

Uşbu tadbirdan közlangan asosiy maqsad, kökrak saratoniga qarşi kuraşiş, aholi örtasida uşbu dard bilan çalinganlarni qöllab-quvvatlaş, ularga moddiy-ma'naviy yordam körsatişdan iborat.

Kökrak bezi saratoni kasalligining oldini oling. Şifokor körigidan domiy ravişda ötib turing.












