Hududlarda 2025-2030 yillarda Baçadon böyni va kökrak bezi saratonini nazorat qiliş dasturi amalga oşiriladi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, 2025 yildan boşlab tuman (şahar) köp tarmoqli markaziy poliklinikalariga soğliqni saqlaş tizimida maqbullaştiriladigan ştat birliklari hisobidan onkonazorat xonalari uçun akuşer-ginekolog şifokori ştat birliklari kiritilmoqda. Mobil va statsionar mammograflar işini 2 ta smenada taşkil etiş uçun rentgen-laborantlar ajratiladi.
Şuningdek, Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzurida yuridik şaxs maqomiga ega bölmagan Mammografiya tasvirini öqiş markazi taşkil etilişi közda tutilgan.
Tuman (şahar) tibbiyot birlaşmalarida amalga oşiriladigan kökrak bezi saratoni böyiça skrining natijalari uşbu markazning yagona riding tizimiga integratsiya qilinadi.
Joriy yildan Respublika ixtisoslaştirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida odam papilloma virusi diagnostikasi uçun qöllanadigan test tizimlari sifatini nazorat qiliş böyiça referens-laboratoriya faoliyati yölga qöyilmoqda.
2025-2030 yillarda Baçadon böyni va kökrak bezi saratonini nazorat qiliş dasturi Soğliqni saqlaş vazirligi, Respublika ixtisoslaştirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan özaro muvofiqlaştirilgan holda sifatli amalga oşirilişi ta’minlanadi.
Qayd etilişiça, 2025 yil 1 mayga qadar Respublika ixtisoslaştirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining hududiy filiallarini polimeraza zanjirli reaksiya tekşiruvlarini ötkaziş uçun tibbiy uskunalar, tuman (şahar) köp tarmoqli markaziy poliklinikalarining onkonazorat xonalarini zarur tibbiy jihozlar bilan ta’minlaş ham közda tutilgan.












