Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2020 yilda O‘zbekistonda qayd etilgan jinoyatlarning chorak qismini yoshlar sodir etgan
4 mart kuni Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasida ichki ishlar vazirining huquqbuzarliklar oldini olishga oid 2020 yilgi axboroti dastlabki tarzda muhokama qilindi.
Vazir o‘rinbosari Aziz Ikromovning aytishicha, 2020 yil davomida umumiy jinoyatlarning 92,6 foizi fosh etilgan.
Shuningdek, qidiruvdagi 2 446 kishi ushlangan. 436 nafar bedarak yo‘qolgan fuqaro topilgan.
Ichki ishlar organlarining bevosita tashabbusi bilan 20 994 ta jinoyat aniqlangani ma'lum qilindi.
Majlisda qayd etilishicha, ayrim raqamlar ichki ishlar organlari faoliyatida muayyan kamchiliklar borligini ko‘rsatyapti.
Jumladan, 2020 yilda respublika miqyosida 62 081 ta jinoyat qayd etilgan bo‘lib, bu har 100 ming aholiga nisbatan o‘rtacha 182,4 tadan to‘g‘ri keladi.
Og‘ir turmush sharoitida yashayotgan ayollarning muammolari to‘liq hal etilmasdan kelinayotgani oqibatida 2020 yilda 5 774 nafar xotin-qiz tomonidan 5 520 ta jinoyat sodir etilgan.
2020 yilda respublikada qayd etilgan har to‘rtinchi jinoyat (14 378 ta yoki 23,2%) yoshlar tomonidan sodir etilgan. Shundan 4 052 nafari – ish bilan band bo‘lmagan yoshlardir.
Mavzuga oid
17:29 / 09.07.2026
Haydovchilar pasport yo guvohnoma ko‘tarib yurish majburiyatidan qachon xalos bo‘ladi?
14:18 / 08.07.2026
Toshkentda yirik kiberjinoyatchilar guruhi qo‘lga olindi
11:10 / 01.07.2026
O‘zbekiston aholisining 38,5 foizi hali 20 yoshga to‘lmagan
12:54 / 30.06.2026