Markaziy Osiyoda «vaksina diplomatiyasi» dolzarb mavzudir. Bu mintaqa haqida köpçilik tahlilçilar tomonidan işlatiladigan «geosiyosiy jang maydoni» termini bilan ayni vaqtda yaxşi birlaşadi. Rossiya va Xitoy koronavirusga qarşi vaksina işlab çiqariş maydonidagi asosiy davlatlar ekanligini hisobga olsak, ularning mintaqadagi harakatlari bir-biriga qarama-qarşi bölişi tabiiy.

Kolumbiya universitetining Harriman instituti direktori Aleksandr Kuliy Markaziy Osiyo masalalari böyiça ötkazilgan onlayn konferensiyada Xitoyning Markaziy Osiyodagi «vaksina diplomatiyasi» xuddi pandemiya boşlangan qiyin davrda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan olib borilgan «niqob diplomatiyasi»ga öxşaşligini ta'kidlaydi.

Xitoy pandemiyaning qiyin davrida Yevropa mamlakatlariga gumanitar yordam sifatida katta miqdorda yordam va niqoblar jönatdi va «Bir makon, bir yöl» dasturiga qarşi köplab Ğarb mamlakatlari bilan kelişuvlarga erişdi. Hozirda Markaziy Osiyodagi harakatlari ham xuddi şu harakatlarning bir körinişi hisoblanadi», deydi Kuliy.

Sönggi ön yil içida Xitoyning Markaziy Osiyodagi eng asosiy savdo şerigi bölgan Qozoğistonda hozirça Xitoy vaksinasidan foydalaniş böyiça aniq rejalar mavjud emas. Qozoğiston 2021 yil fevral oyining boşida koronavirusga qarşi emlaş harakatlarini Rossiyaning Sputnik V vaksinasidan 22 ming doza xarid qilişdan boşladi va qöşimça vaksinalar mahalliy işlab çiqarilişi rejalaştirilgan.

Qozoğiston rasmiylarining ma'lum qilişiça, bahordan mamlakat fuqarolarini emlaşda mahalliy QazCovid vaksinasidan foydalaniş boşlanadi. Şuningdek, 2021 yilning ikkinçi yarmidan AQŞ/Germaniyaning Pfizer-BioNTech vaksinasini xarid qiliş masalasi körib çiqilmoqda.

Xabarlarga köra, Qozoğiston hukumati Xitoyning Sinopharm va Sinovac Biontech firmalari bilan muzokaralar olib bormoqda, ammo ikki tomonlama aniq takliflar yöq.

Dastlab Xitoyning «Bir makon, bir yöl» loyihasiga qiziqiş bildirmagan, ammo Şavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelişi natijasida Xitoy bilan hamkorlikni sezilarli darajada rivojlantirgan Özbekistonda vaziyat boşqaçaroq. Yaqinda Özbekiston öz fuqarolarini emlaş harakatlarini Xitoyning Zhifei Longcom biofarmatsevtik firmasi vaksinasi dozalari bilan boşladi. Hozirda mamlakatda emlaş sinovlari ötkazilmoqda.

Şuningdek, Rossiyaning Sputnik V vaksinasining klinik sinovlari yakunlangan va bu vaksinani qöllaşga ruxsat berilgan, ammo bu vaksinada aholini ommaviy emlaş jarayoni hali boşlanmagan. Şu bilan bir qatorda, Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrovning bayonotiga köra, Özbekistonda Sputnik V vaksinasini işlab çiqarişga ruxsat beriş masalasi körib çiqilmoqda (Qozoğistonda Sputnik V işlab çiqariş amalga oşirilmoqda).

Fevral oyi boşida ötkazilgan sörovnomaga köra, Markaziy Osiyo xalqlarining aksariyati Rossiyani koronavirusga qarşi kuraşda yordam berişda «eng yaxşi mamlakat» sifatida baholaşgan.

Sörovnomada qatnaşgan qirğizlarning 75,5 foizi, özbeklarning 57,8 foizi va qozoqlarning 51,6 foizi Covid-19 infeksiyasiga qarşi kuraşişda Rossiya bilan hamkorlik qilişni qöllab-quvvatlagan. Qozoqlarning 19,1 foizi, özbeklarning 13,6 foizi va qirğizlarning 7,5 foizi Xitoy vaksinasidan foydalaniş kerakligini ta'kidlaşgan. Yoşi katta odamlarning juda katta qismi Rossiya bilan hamkorlik qiliş kerakligini, yoşlar esa boşqa davlat vaksinasidan foydalaniş köproq samara berişini aytib ötgan.

Bugungi kunda Markaziy Osiyo davlatlarida vaksina tanlovida juda katta ikkilanişlar mavjud, bunda siyosiy omillar ham qaysidir ma'noda katta ta'sir ötkazmoqda.

Şuningdek, Özbekiston, Tojikiston, Qirğiziston Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining COVAX taşabbusi doirasida vaksina ta'minotidan foydalaniş huquqiga ega böldi, ammo barça vaksinalardan bir xil darajada foydalaniş mumkin emas.

Qirğiziston soğliqni saqlaş vazirining örinbosari Nurbolot Usenbayev öta sovuqda saqlaş talablarini hisobga olib, mamlakatda Pfizer  vaksinasidan foydalaniş imkoniyatlariga şubha bilan qaragan. Hozirda Qirğizistonda uç bosqiçli emlaş harakatlari rejalaştirilmoqda, ehtimol bu Sputnik V vaksinasidan boşlanadi va keyinçalik AstraZeneca-Oksford vaksinasini (Hindistonda işlab çiqarilgan) qöllaş bilan tugaydi.

Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi vaksina tanlovlari ixtiyoriy deb ta'kidlansa-da, dunyoning boşqa joylarida bölgani kabi, asosiy masala mamlakat aholisi uçun yetarli miqdordagi va işonçli vaksina dozalarini olib keliş emas, balki iqtisodiy va siyosiy hamkor davlatlari bilan aloqalar yomonlaşişining oldini olişga bölgan harakatga öxşamoqda. Markaziy Osiyoda köp tomonlama hamkorlik nafaqat taşqi siyosatda, balki vaksina tanlovida ham öz isbotini topayotganga öxşamoqda.

  • Özbekiston Xitoyning ZF 2001 vaksinasini birga yaratgan hammuallif mamlakat sifatida belgilanib, yangi vaksina ZF-UZ-VAC 2001 nomi ostida birgalikda işlab çiqarilişi va foydalanişga topşirilişi xabar qilingandi. Şuningdek, uşbu vaksinadan 1 million doza xarid qiliş haqida qaror qabul qilingan.
  • Şuningdek, Rossiya vaksinasini sertifikatlaştiriş jarayoni 11 fevral kuni Rossiya vaksinasini işlab çiquvçilaridan zarur materiallar, xususan, vaksinaning klinik sinovlarining uçinçi bosqiçi natijalari olinganidan söng boşlangandi.
  • Keyinroq, Özbekistonda Sputnik V vaksinasini qöllaşga ruxsat berilib, uşbu vaksinadan 1 million doza xarid qiliş yuzasidan amaliy çoralar körilişi aytib ötilgan.