Bo‘ka tumani kompleks rivojlantiriladi - Hukumat qarori loyihasi
Vazirlar Mahkamasining “2021 – 2023 yillarda Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Loyihada Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan belgilab berilgan, Toshkent viloyati Bo‘ka tumani iqtisodiyotiga ta'sir qiladigan o‘sish nuqtalari (drayverlar) asosida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish nazarda tutilgan.
Qaror loyihasi quyidagi ilovalarni o‘z ichiga oladi:
Bo‘ka tumanida sanoat, xizmatlar, servis va qishloq xo‘jaligi sohalarida amalga oshiriladigan loyihalar;
Bo‘ka tumanida muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini jadal rivojlantirish hamda aholi turmush sharoitini yaxshilashga zamin yaratishga qaratilgan kompleks tadbirlar;
Bo‘ka tumanida ijtimoiy soha obektlari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, xizmatlar sifati hamda qamrovini oshirish bo‘yicha amalga oshiriladigan kompleks tadbirlar;
Bo‘ka tumanida irrigatsiya va melioratsiya tizimi holatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshiriladigan kompleks tadbirlar;
Bo‘ka tumanida ta'lim sifatini oshirish, sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, madaniy-ma'rifiy sohada aholi faolligini oshirish, aholini sportga keng jalb etish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda aholi turmush darajasini oshirish bo‘yicha kompleks tadbirlar rejasi.
Mazkur qaror loyihasi doirasida jami 1,703 trln so‘m o‘zlashtirish belgilangan. Jumladan:
- respublika budjeti hisobidan – 41,1 mlrd so‘m;
- mahalliy budjet hisobidan - 112,2 mlrd so‘m;
- tarmoq korxonalari mablag‘lari hisobidan - 24,3 mlrd so‘m;
- tadbirkorlarning o‘z mablag‘lari hisobidan – 391,8 mlrd so‘m;
- tijorat bank kreditlari hisobidan - 147 mlrd so‘m;
- xorijiy kreditlar hisobidan – 60,4 mln AQSh dollari;
- xorijiy investitsiyalar hisobidan – 22 mln AQSh dollari.
Qayd etilishicha, buning natijasida qo‘shimcha 2 849ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida mehnat va ishlab chiqarish salohiyatidan oqilona foydalanish, sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarini rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli loyihalarni amalga oshirish orqali aholi, xususan, xotin-qizlar va yoshlar bandligini ta'minlash, daromadlari va turmush darajasini izchil oshirish, shuningdek, muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada yaxshilash qaror loyihasining ustuvor yo‘nalishlari va asosiy maqsadi hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
DXX giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazdi
Jamiyat | 10:38
-
Farg‘onada 120 mln dollarga metallurgiya zavodi quriladi
O‘zbekiston | 10:37
-
AQSh Kongressiga Rossiya neftini musodara qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi kiritildi
Jahon | 10:05
-
Toshkent metrosida poyezd harakat tarkibida texnik nosozlik yuz berdi
Jamiyat | 10:00
Mavzuga oid

17:29 / 21.11.2024
Bo‘kada 20 yoshli homilador ayol operatsiya vaqtida vafot etdi

17:39 / 16.01.2024
Bo‘ka tumanida hokim o‘zgardi

10:30 / 06.12.2023
Bo‘kada tergovdagi fuqaroning o‘limiga sababchi bo‘lgan IIB xodimlari 6 yildan 8,5 yilgacha qamaldi

18:58 / 08.06.2023